203
bosimini oshirish hamda jarayonni boshqarishda
avtomatik sistemalardan
foydalanish yahshi samara beradi.
7.3.3. Marten pechida po„lat ishlab chiqarish
Yuqorida qayd etilganidek, Bessemer va Tomas konvertorlarida po‗lat ishlab
chiqarish usullarining kamchiliklarini kamaytirish borasidagi
izlanishlar marten
usulining yaratilishiga olib keldi. Bu usul XXI asrning ikkinchi yarmida yaratildi
(Rossiyada dastlabki Marten pechi 1869-yilda Sormov zavodida muhandis A.A.
Iznoskov va usta Y.I. Plechkov tomonidan qurilgan bo‗lib, uning sig‗imi 2,5 t
bo‗lgan, holos). Zamonaviy pechlarning sig‗imi 200 - 900 t atrofida bo‗lib, ularda
uglerodli, kam va o‗rtacha legirlangan konstruksion po‗latlar olinadi.
Marten pechining tuzilishi va ishlashi. Marten pechi alangali regeneratorli
pech bo‗lib, uning eng muhim kismi ish bo‗shligi (kamerasi) dir. Asosli pechlarda
uning tag qismi
magnezit gishtidan terilib, sirtidan magnezit kukuni,
kislotali
pechlarda esa dinas gishtidan terilib sirtidan kvars kum kukuni sepiladi. Pechning
sirti po‗lat list bilan qoplanadi. Uning devorining puxtaligi buyicha va
ko‗ndalangiga tortilgan po‗la armaturalar bilan ta'minlanadi. Fosfori ko‗p
cho‗yanlardan (MФ1, MФ2, MФ3 markali) po‗latlar olishda pechlar tebranadigan
qilinib, og‗dirilgan holatda ajralayotgan ko‗p
miqdordagi shlakning ravon
chiqishini ta'minlaydi.
Pechning old devorida shixta materiallarini kiritish uchun bir necha yuklash
darchalari buladi (pechni ishlash vaqtida darchalar maxsus tuskich bilan berkitiladi
va unga urnatilgan oyna orqali jarayonning kechishi kuzatiladi), darchalardan
namuna metali olinadi va yuqori fosforli shlak chiqariladi.
Orka devorida esa
suyuk metall va shlakni pechdan chikarish uchun mahsus teshik bulib,
ularga
novlar urnatilgan. Pech ishlayotganda bu teshik utga chidamli tikin bilan
berkitiladi. Pechning yon devorlarida kizdirilan yonuvchi gaz va havoni pechning
ish bushligiga kirituvchi kallaklari bo‗ladi.
Kallaklarga gorelka, mazutda
ishlaganda esa forsunka urnatiladi. Pechning old qsmida
esa pol sathidan ancha
pastroqda juft regenerator 8, 9 o‗rnatiladi. Regeneratoralar bilan pechning ishchi
bo‗shlig‗i oralig‗ida esa «shlakovik» deb ataluvchi kameralari bo‗ladi.
204
Metallurgiya zavodlarida 250 - 500 t li pechlar ko‗proq tarqalgan. Ular
vannasining o‗lchami 20 * 6 m gacha bo‗lib, tag yuzi 115 m
2
ga yetadi. Ma'lumki,
bu pechlar uzluksiz ishlaydi. Ko‗pincha 400 - 600 marta po‗lat olingandan keyin
kapital ta‗mir qilinadi.