200
Ma'lumki, Bessemer va Tomas konvertorlarida po‗lat ishlab chiqarish
usullarining qator kamchiliklari tufayli ularda sifatli po‗lat olish ancha cheklanadi.
Mamlakatimizda 1953-yildan boshlab asosli konvertorlarga quyilgan qayta
ishlanadigan cho‗yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo‗li bilan turli markali
uglerodli va kam legirlangan po‗latlar olish usullari qo‗llanila boshladi. Bu usul
oddiyligi
va ixchamligi, yoqilgi talab etmasligi, po‗latda azot va vodorod
gazlarining kamligi, kapital mablag‗larini kam talab etishi, chiqindalarni ko‗proq
qayta ishlashga imkon berishi sababli sanoatda borgan sari keng qo‗llanmoqda.
Dunyo bo‗yicha ishlab chiqarilayotgan po‗latlarning 1960-yilda 3 - 4%,
1965- yilda 25%, 1980-yilda 40%198, 5 yilda 60 - 70% dan ortiqrog‗i shu usulda
olindi.
Konvertorlarning tuzilishi va ishlashi. Konvertor noksimon ko‗rinishdagi
tagi berk idish devorining qalinligi 400 - 800 mm oralig‗ida bo‗lib, dolyumit,
smola, dolomit, smola, dolomit yoki magnezit (40 - 60% MgO, 30 - 55% CaO, 5 -
8% toshko‗mir smolasi) g‗ishtlardan teriladi.(28 – rasm, a). Sirtidan esa 20 - 100
mm li po‗lat list bilan qoplanadi. U sapfalar yordamida
stanina tayanchlariga
o‗rnatiladi. Konverterga metall chiqindilarini yuklash, cho‗yan quyish, po‗lat va
shlakni chiqarishda gorizontal o‗q atrofida zarur burchakka buriladi. Konvertor,
kislorod haydovchi furma (mis naycha) bilan shunday biriktirilganki, bunda furma,
konvertordan chiqarilmaguncha uni o‗qi atrofida aylantirib bo‗lmaydi.
Konvertorning tepasiga chiqayotgan gazlarni yig‗uvchi qurilma o‗rnatiladi.
201
28-rasm. Kislorod konvertorining tuzilishi va ishlash prinsipi
Konvertorlarning sig‗imi 100…350 t va undan ortiq bo‗ladi. Masalan,
sig‗imi 300 t li konvertorning ish bo‗shlig‗i balandligi 9 m bo‗lsa, diametri 7 m ga
yaqin, og‗zining diametri 3,5 m va vanna chuqurligi 1,7 mm bo‗ladi. Odatda po‗lat
400 - 800 marta eritilgandan keyin konvertor tuzatiladi. Bu konvertorda yiliga 2 -
2,5 mln. t po‗lat olinadi.
Konvertorni ishga tushirishdan oldin ish yuzlari ishga yaroqliligiga to‗la
ishonch
hosil qilingach, po‗lat chiqarish teshigi o‗tga chidamli materialdan
tayyorlangan tiqin bilan berkitiladi. So‗ngra uni 28-rasmda ko‗rsatilgan «1»
holatga keltirib, avval unga yuklash mashinasi yordamida og‗zidan qora metall
chiqindilar (cho‗yan massasining 25 - 30% igacha, so‗ngra 1250 - 1400ºC haroratli
qayta ishlanadigan cho‗yan quyiladi («2» holat), keyin ma'lum miqdorda ohaktosh
(zarur bo‗lsa temir ruda) kiritilib konvertor vertikal holatga keltiriladi («3» holat).
Suyuq metall sathiga 300 - 800 mm (katta konvertorlarda 3 m gacha)
yetmagan
holda furma naycha tushirilib, u orqali 0,9 - 1,4 MPa (9 - 14 kg/sm
2
) bosimda
kislorod haydaladi. Bunda furma erimasligi uchun uning havo devorlaridan 0,6 -
1,0 MPa bosimda sovuq suv haydab turiladi. Odatda, har minutda haydalayotgan
suv miqdori 5000 l ga yetadi.
Suyuq cho‗yan sathiga haydalayotgan kislorod
metallni shiddat bilan
aralashtirib oksidlaydi, Fe ni oksidlaydi, pech harorati ko‗tariladi. Bu oksidlar ohak
202
bilan birikib shlak hosil qiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, fosfori ko‗p
(P>0,3%) cho‗yanlardan po‗lat olishda, shlakdagi fosfor qaytarilib metallga
o‗tmasligi uchun konvertorga kislorod haydashni to‗xtatib, fosforga to‗yingan
shlakni konvertordan chiqarib tashlash kerak.
Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog‗lab shlakka o‗tkazish
uchun
konvertorga ko‗proq ohaktosh kiritish zarur.
Eritilayotgan po‗lat va shlakning kimyoviy tarkibi kuzatib turiladi. Buning
uchun konvertordan furma chiqarilib, undan namuna metali olinib spektral analiz
qilinadi. Agar, po‗lat kutilgan kimyoviy tarkibda bo‗lmasa,
bunda konvertor
vertikal holatga keltirilib, tuzatish operatsiyasini o‗tkazish lozim. Kutilgan tarkibga
kelgach, po‗lat konvertordan kovshga quyiladi. Odatda, konvertorlardagi harorat
2000 - 2500ºC gacha ko‗tariladi, po‗lat olish sikli 50 - 60 minut davom etadi.
Konvertor bir necha o‗nlab metrdagi boshqarish pultidan boshqariladi. Jarayonning
davomliligi cho‗yan tarkibiga, massasiga,
kislorodning tozaligiga, bosimiga,
haydash vaqtiga va furmaning suyuq cho‗yan sathidan balandligiga bog‗lik
bo‗ladi. Sig‗imi 250 t li konvertorga kislorod 0,9 - 1,4 mPa bosimda 25 - 30 minut
haydalganda har bir tonna po‗lat olish uchun 50 - 60 m
3
tehnik kislorod sarflanadi.
Shuni ham aytish kerakki, agar 300 t li konvertorda soatiga 400 - 500 t po‗lat
olinsa, shunday hajmli marten pechida soatiga atigi 80 t po‗lat olinadi holos.
Konvertorda olingan po‗lat narxi marten pechida olingan po‗latdan 10 - 12 marta
arzon bo‗ladi.
Bu ilg‗or usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Suyuq cho‗yanning
ko‗proq talab etilishi, 1 t po‗lat uchun 820 - 830 kg cho‗yan, metall kuyindisining
ko‗pligi (6 - 9%), ancha miqdorda chang ajralishi shular jumlasidandir.
Konvertorda po‗lat ishlab chiqarish hajmini υ, vaqtini t harflari bilan
belgilasak, unda uning yillik ish unumini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: