199
bo‗lgan birikmalar (ferromrganets, forrosilitsiy) va alyuminiy bo‗laklari yoki
ularning kukunlari vannaga ma'lum miqdorda kiritiladi:
[Mn] + [O] = (MnO) + Q;
[Si] + 2[O] = (SiO
2
) + Q;
2[Al] + 3[O] = [Al
2
O
3
] + Q
Bunda hosil bo‗layotgan oksidlar po‗latda erimay, osongina nSiO
2
· mFeO ·
kMnO birikma hosil qilib shlakka o‗tadi. Temir oksididan temirni qaytarilish
darajasiga qarab quyidagi xillarga ajratish mumkin: to‗la
qaytarilgan,
qaytarilmagan va chala qaytarilgan.
To‗la qaytarilgan po‗lat quymalarni olishda metall avvalo pechda
ferromarganes bilan, keyin esa kovshda ferrosilitsiy va alyuminiy bilan qaytariladi.
Qaytarilmagan qaynaydigan po‗lat quymalarni olish uchun esa po‗lat avval pechda
ferromarganes bilan chala qaytarilib, so‗ngra qolipda uglerod hisobiga qaytariladi.
Bunda metalldan ajralayotgan CO gazi aralashtirilayotganda u qaynaydi va
ajralayotgan gaz pufakchalarining ko‗pi quymada qoladi.
Bunday quymalarning
sifati qaynamaydigan po‗lat quymalardan pastroq bo‗ladi. Chala qaytarilgan
po‗latlar ferromarganes
va qisman ferrosilitsiy, ba'zan alyuminiy bilangina
qaytariladi, shu sababli ular chala qaytarilgan po‗latlar deyilati.
Ishlab
chiqarilayotgan quymalarning 55% to‗la qaytarilgan, 40% qaytarilmagan,
qolgan
5% igina chala qaytarilgan po‗latlarga to‗g‗ri keladi.
Legirlangan po‗latlar olish uchun, suyuq metall vannasiga ma'lum miqdorda
toza legirlovchi metallar yoki ularning ferroqotishmalari (masalan, ferrohrom,
ferrotitan) qo‗shiladi. Bunda pechga Fe ga qaraganda kislorodga yaqin bo‗lgan
elementlar (masalan, Si, Mn, Al, Cr, V, Ti va boshqalar)
esa metall tarkibidagi
FeO dan Fe qaytarilgach yoki qaytaruvchilar bilan bir vaqtda kiritiladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan po‗latlarning 16 - 18% ini legirlangan
po‗latlar tashkil qiladi. Uglerodli va legirlangan po‗latlarning 1500
dan ortiq
markasi bor.