• Po„latlarni skrap usulda ishlab chiqarish.
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

     


    206 
     
    29 – rasm. Marten pechining sxemasi: 
    1suyuqlantirilgan metall; 2 – shlak; 3 – pech shipi; 4pechning tubi; 5 – 
    pechning orqa devoir; 6 – pechning old devori; 7 – shixta kiritildigan darcha; 8 – 
    gaz regeneratorlari; 9 – havo regeneratorlari; 10 – sirtqi ish sathi; 11,11' – pechga 
    haydaluvchi havo kiritiladigan va yonish maxsulotlari chiqarib yuboriladigan 
    kanallar; 12,12' – pechga haydaluvchi gaz kiritiladigan va yonish mahsulotlari 
    chiqarib yuboriladigan kanallar; 13 – klapan; 14 – mo‗ri; 15 suv bilan sovitib 
    turiluvchi kislorod furmasi. 
    Po„latlarni skrap usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domnalari 
    bo‗lmagan kichik metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida foydalaniladi. Bunda 
    shixtani 55 - 75% temir - tersak chiqindilar, qolgani qayta ishlanadigan qattiq 
    (chushka) cho‗yandan iborat bo‗ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq 
    temir ruda, flyus sifatida ma'lum miqdorda ohaktosh kiritiladi. 


    207 
    Jarayon yuqorida ko‗rilgan skrap - rudali usuliga o‗xshash kechadi. Pechni 
    ishga tushirishdan avval unga temir - tersak chiqindi (skrap) larning yarmi, keyin 
    esa metall massasining 3 - 5% hisobida ohaktosh, qolgan temir - tersak chiqindilar 
    va qattik cho‗yan solinadi. 
    Shixta to‗la suyuqlangach pech gazlaridagi kislorod hamda metalldagi 
    erigan FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. SiO
    2
    , MnO, CaO 
    oksidlar birikib, natijada shlak hosil bo‗ladi. Vanna harorati zarur haroratga 
    ko‗tarilgach S jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall qo‗shimchalardan 
    tozalana boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida 
    qaytariladi. Kutilgan tarkibli po‗lat pechdan kovshlarga novlari orqali chiqariladi. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish