• 7.4.4. Nordon elektr yoy pechlarda po„lat ishlab chiqarishning xususiyatlari
  • Po„latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Po„latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash. Buning 
    uchun vannadagi shlak sirtiga ma'lum miqdorda qaytaruvchi moddalar kukuni 
    kiritiladi. Shlakdagi FeO dan Fe qaytaruvchilar bilan qaytarilayotgan vaqtda 
    metalldagi FeO ning bir qismi shlakka o‗tib metall FeO dan tozalab boradi. Shuni 
    ta'kidlash zarurki, metallning qaytarilish darajasi ortgan sari shlak rangi oqara 
    boshlaydi. Uning tarkibida 55 - 60% SaO, 0,5% gina FeO bo‗ladi. Uta qizigan 
    shlak tarkibida SaS
    2
    ning mavjudligi metallni oltingugurtdan tozalashga qulay 
    sharoit yaratadi: 


    216 
    3[FeS] + (CaC
    2
    ) + 2(CaO) = 3(CaS) + [3Fe] + 2CO. 
    Bu jarayon 0,5 - 1 soat davom etadi. Agar bu shlak sovitilsa, oq kukun tarzida 
    qotadi. So‗ngra vannadan namuna metall olinib kimyoviy tarkibi analiz qilinadi. 
    Agar legirlangan po‗latlar olinadigan bo‗lsa, vannaga ma'lum miqdorda 
    legirlovchi elementlar yoki ularning qotishmalari kiritiladi. 
    Agar shixta tarkibida qo‗shimchalar miqdori yo‗l qo‗yilgan darajadan ortiq 
    bo‗lmasa, qisman oksidlash usuli qo‗llaniladi. Qisman oksidlashda shixta 
    materiallar suyuqlanib Si, P, Mn, C lar oksidlanishi bilanoq shlak ajrala boshlaydi, 
    so‗ngra metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida qaytariladi. 
    Tajriba shuni ko‗rsatadiki, uglerodli po‗latlar olishda ajralgan shlak pechdan 
    chiqarilganda metalldagi fosforning miqdori 50% gacha kamayadi. 
    Qo‗shimchalarni oksidlamasdan turib po‗lat olishda faqat metall 
    chiqindilarigina eritiladi. Ba‘zan qayta ishlanadigan materiallardagi C, N, va H
    2
    larning miqdorini kamaytirish maqsadida vannaga bir necha minut kislorod 
    haydaladi. 
    7.4.4. Nordon elektr yoy pechlarda po„lat ishlab
    chiqarishning xususiyatlari 
    Kislotali elektr yoy pechlardan yuqori sifatli konstruksion va legirlangan 
    po‗latlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu pechlarning devorlari kislotali o‗tga 
    chidamli materialdan ishlanganligi sababli jarayonda flyus sifatida qum va kislotali 
    shlaklardan foydalaniladi. 
    Shixta materiallar tarkibida S va P ning miqdori 0,03% dan kam bo‗lishi 
    kerak. 
    Yuqorida ko‗rilganidek, shixta materiallarning suyuqlanishida undagi Fe, Si, 
    Mn lar pech muhitining kislorodi hisobiga oksidlanib metall oksidlari qumtuproq 
    bilan birikib shlak ajrala boshlaydi. Bu shlakda 40 – 60% SiO
    2
    , 20 – 25% FeO, 200 
    – 25% MnO, bo‗lib rangi qoramtir bo‗ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga 
    ma‘lum miqdorda temir rudasi kiritiladi yoki kislorod haydaladi. Bunda vannada 
    erigan FeO kislorodi uglerodni shiddatli oksidlay boshlaydi: 
    C + FeO = CO + Fe – Q. 


    217 
    Ajralayotgan is gazi CO metallni aralashtirib, uni gaz va metallmas 
    materiallardan tozalay boshlaydi. Uglerod miqdori kutilgan tarkibga kelgach
    dastlabki shlak chiqarilib, pechga ma‘lum miqdorda shlak ajratuvchi aralashma 
    (80% kvars qumi, 10% maydalangan hamot va 10% so‗ndirilgan ohak) kiritiladi. 
    Keyin esa metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchi moddalar vositasida qaytariladi. 
    Ko‗pincha shlakdagi SiO
    2
    dan Si ni qaytarish maqsadida unga ma‘lum 
    miqdorda pista ko‗mir kukuni kiritiladi. Bunda SiO
    2
    dan qaytarilgan Si qo‗shimcha 
    ravishda FeO dan Fe ning qaytarilishini ta‘minlaydi. Bu po‗latlar tarkibida 
    oltingugurt va fosfor miqdorining ozligi FeO dan Fe ning to‗laroq qaytarilganligi 
    va unda gazlar va metallmas qo‗shimchalarning kamligi tufayli, ularning sifati 
    asosli elektr pechlarda olingan po‗latlarga qaraganda yuqori bo‗ladi. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Po„latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash

    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish