• Yuqori sifatli po„latlar olish.
  • Po„latlarni inert gazlar yordamida tozalash




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Po„latlarni inert gazlar yordamida tozalash. Qolipdagi suyuq metalldan 
    birorta inert gaz, masalan argon gazi u qadar katta bo‗lmagan bosim ostida 
    o‗tkaziladi. Natijada metall yaxshi aralashib gaz va metallmas qo‗shimchalardan 
    tozalanadi. 
    Po„latlarni sintetik shlak bilan tozalash. Metallni kovshga chiqargunga 
    qadar unga metall massasining 3 – 5% miqdorida 700ºC li shlak (55% CaO, 40% 
    Al
    2
    O
    3
    , va oz miqdorda SiO
    2
    , MnO, FeO) quyiladi. So‗ngra uning ustiga pechdan 
    po‗lat quyiladi. Bunda po‗lat shlak bilan tez aralashib kontakt yuzalar ortib shiddat 
    bilan boruvchi reaksiyalar hisobiga gaz va metallmas qo‗shimchalardan deyarli (50 
    – 70%) tozalanadi. 
    Yuqori sifatli po„latlar olish. Po‗latlar sifatiga talabning tobora ortib 
    borishi sababli ulardan an‘anaviy usullarda olingan po‗lat sterjenlarni vakuum 
    sharoitida turli pechlarda qayta eritib sifat ko‗rsatkichlari oshiriladi. Bu usullarning 
    ba‘zilari bilan tanishib chiqamiz. 
    Po‗latlarni elektr – shlak usulida olish (30 - rasm). Bu usul E. O. Paton 
    nomli metallarni elektr payvandlash institute kollektivi tomonidan 1960-yilda 


    220 
    yaratilgan bo‗lib, bunda an‘anaviy usullarda olingan po‗lat sterjenlar shlak 
    qatlamida erib metall kristalizator (qolip) ga o‗tishida gaz va metallmas 
    qo‗shimchalardan tozalanadi. Sxemadan ko‗rinadiki, bu qurilmaning suv bilan 
    sovitib turiladigan kristallizatori 1 ga metall taglik 7 o‗rnatilgan. Unga qayta 
    eritiluvchi po‗lat sterjenlar (elektrod) 3 tushirilib elektr yoy hosil qilinishi bilan 
    flyus (CaF
    2
    , Al
    2
    O
    3
    , CaO va boshqalar) kiritiladi. Yoy issiqligi hisobiga flyus erib, 
    shlak ajrala boshlaydi. Ajralayotgan shlak ma‘lum miqdorga yetgach yoy o‗chadi. 
    To‗kning shlak qatlamidan o‗tishi hisobiga shlak qizib elektrod sterjenlarni erita 
    boshlaydi. 
    Shlak orqali kristallizatorga o‗tayotgan metall tomchilari gaz va metall mas 
    qo‗shimchalardan deyarli tozalanadi. Suv bilan jadal sovitib turiladigan 
    kristallizatorda yig‗ilayotgan metall pasdan yuqoriga qarab kristallanib boradi, 
    natijada mayday donali zich, juda yuqori sifatli quymalar olinadi. Bunday 
    quymalarning massasi 10 – 12 t bo‗lib, ko‗ndalang kesimi kvadrat, to‗g‗ri 
    to‗rtburchakli bo‗lishi mumkin. Jarayonning oxirida taglik tushirilib undan quyma 
    ajratib olinadi.

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Po„latlarni inert gazlar yordamida tozalash

    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish