223
alyuminiy olinadi. Alyuminiy tarkibli tog‗ jinslaridan alyuminiy olish uchun
xomashyo
sifatida foydalanish, ma‘lum bo‗lgan qayta ishlash usullarini qo‗llash
mumkinligini hisobga olgan holda bajarilgan texnik - iqtisodiy natijalar bilan
aniqlanadi. Og‗ir rangli metallar ishlab chiqaradigan ulkan korxonalar kon,
boyitish va metallurgik ishlab chiqarishdan tarkib
topgan kon - metallurgiya
korxonalari shaklida tashkil etilsa, zamonaviy alyuminiy sanoati esa glinozyom va
alyuminiy zavodlari aniq va alohida joylashishi bilan harakterlanadi. Bu shu bilan
asoslanadiki, alyuminiyni elektrolitik usulda olish ko‗p energiya talab qiladigan
ishlab chiqarish kategoriyasiga kiradi va bunday zavodlarning joylashishi
elektrostantsiyaning elektr energiyasi arzon bo‗lgan rayonlarda joylashtiriladi.
Glinozyom
ishlab chiqarish aksincha, alyuminiy xomashyosi qazib olinadigan
konlarga yaqin joylarda joylashtiriladi, bu elektroliz
zavodlariga tashiladigan
xomashyo hajmini kamaytiradi.
Metall alyuminiy olish jarayoni murakab bo‗lib, u to‗rtta alohida
texnologiyalardan tashkil topgan:
1. glinozyom ishlab chiqarish;
2. kriolit va ftorli tuzlar ishlab chiqarish;
3. ko‗mir mahsulotlari ishlab chiqarish;
4. elektrolit alyuminiy ishlab chiqarish.
Alyuminiy ishlab chiqarishning eleklrolitik usuli ochilganidan va qo‗lanila
boshlangan vaqtdan beri uning rivojlanishi qo‗llanilayotgan
qurilma va
uskunalarning
konstruksiyasini
yaxshilash,
texnologik
jarayonlarni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtiriщ, hamda uni takomillashtirish yo‗lidan
borildi. Usulning olib borilishi o‗zgarmasdan qolaverdi.
Alyuminiyni eritmalarni elektroliz qilish bilan oshi usulining ko‗pgina
qulayliklariga qamasdan, bu texnologiya boshqa rangli metallarni ko‗p
miqdorda
ishlab chiqarishga nisbatan ma‘lum kamchiliklarga ega:
1. hatto eng yirik elektrolizyorlarning bir quvvati pastligi;
2. elektroenergiyaning solishtirma sarfi yuqoriligi;
3. o‗zgaruvchan tokning o‗zgarmas toka
aylantirish kerakligi;
224
4. glinozyom ishlab chiqarish texnologik sxemasining murakkabligi;
5. qimmatli toza ftorli tuzlarning ko‗p sarflanishi;
6. past navli alyuminiy tarkibli xomashyolardan foydalanib bo‗lmasligi.