225
Eritishda hosil bo‗ladigan alyuminiyli eritmalar parchalanishga moyil, ya‘ni
ulardan qaytadan alyuminiy gidroksidi ajralib chiqadi.
Alyuminiyli eritmalarning
bardoshligi, amaliyotda kaustik modul
k
bilan harakatlanadigan ortiqcha ishqorga
bog‗liq. Kaustik modul Na
2
O:A1
2
O
3
ning molli nisbati bilan ifodalanadi va
qaytarilgan eritmada uning miqdori (3,5-4) bo‗lishi kerak. Kaustik modul qancha
katta bo‗lsa, alyuminiyli eritma shuncha bardoshli bo‗ladi va eritish tez boradi.
Alyuminiyli
eritma
shlamdan
odatda
quyultirish,
keyinchalik
mayda
zarrachalardan tozalash uchun filtratsiya o‗tkaziladi.
Quyultirgichdan chiqarilgan shlam qarama - qarshi oqim printsipi bo‗yicha
ko‗p
marta yuviladi, bu uni alyuminat eritmalaridan to‗liq yuvish va yuqori
kontsentratsiyali suvlar olish imkonini beradi. Yuvilgan qizil shlam chiqitxonaga
chiqarib yubriladi. Quyultirishdan keyingi alyuminatli eritma bosi ostida
ishlaydigan filtrlarda qayta ishlanadi. Keyin eritma parchalanish (dekompozitsiya)
ga yuboriladi.
Parchalash
jarayonini
o‗tkazishdan
maqsad
Al(OH)
3
eritmasini
kristallizatsiyalashdir. Uning asosida jarayon sharoitida o‗ngdan chapga (1)
reaksiyaning qaytarilishi yotadi. Alyuminatli eritmani
parchalash jarayonini
amalga oshirish uchun eritmani suyuqlantirish, uni sovutish, «zatravka» (oldin
olingan alyuminiy gidroksidining mayda kristallari) ni kiritish va yirik kristallar
hosil qilish uchun bo‗tanani 50-90 soat davomida aralashtirish kerak. Parchalash
natijasida olingan eritma va turli kattalikdagi alyuminiy gidroksidi kristallari
quyultirishga yuboriladi. Gidroksidni eritmadan ajratish uchun va gidroksidni
sinflash uchun gidroseparatorlar, gidrotsiklon va quyultirgichlardan
foydalaniladi;
quyullirilgan bo‗tana filtrlanadi va barabanli - vakuum filtrlarda yuviladi. Bo‗tana
sinflashdan so‗ng, alyuminiy gidroksidining ikki sinfi (fraksiya) va eritma olinadi.
Zarrachalari o‗lchami 40-100 mkm dan katta bo‗lmagan yirik fraksiya
kalsinatsiyaga yuboriladigan gidroksidli mahsulot hisoblanadi, mayda zarrali
fraksiya esa alyuminatli eritmalarni parchalashda zatravka sifatida ishlatiladi.
Gidroksid ajratib olingandan so‗ng, hosil bo‗lgan
eritma oqava suvlar bilan
birlashtirilib bug‗lantirishga yuboriladi. Alyuminiy gidroksidining yirik fraksiyasi
226
yuvilgandan va filtrlangandan so‗ng, glinozyom olishning so‗nggi bosqichi -
kalsinatsiyaga yuboriladi. Kalsinatsiya jarayonining maqsadi - gidroksidni
suvsizlantirishdir.