219
Po‗lat ishlab
chiqarish sharoiti
Gazlar va metallmas qo‗shimchalar
miqdori
O
2
H
2
N
2
Metallmas
qo‗shimchalar
Havo muhitida
0,0193
0,003
0,0056
0,039
Vakuum muhitida
0,0019
0,0005
0,0028
0,0042
Po„latlarni vakuum kamerada tozalash. Bu usul bosim kamayishi bilan
metallda
erigan gazlarning keskin
kamayishiga asoslangan. Bunda avval kameradagi havo 0,267 – 0,667 kPa
bosimgacha so‗rib olinadi, so‗ngra kameraga kovshli metall kiritilib, 10 – 15 minut
u yerda saqlanadi. Bunda metalldan pufakchalar tarzida ajralayotgan gazlar bilan
birga metallmas qo‗shimchalar ham ergashib chiqadi. Natijada gazlar miqdori 3 –
5 marta, metallmas qo‗shimchalar 2 – 3
marta kamayib, po‗latning puxtaligi va
plastikligi ortadi.