214
Qo„shimchalarni to„la oksidlash yo„li bilan po„lat olish. Bu usulda
olingan po‗lat tarkibi zararli qo‗shimchalari ko‗proq bo‗lgan
arzon shixta
materiallardan (88 - 90% gacha po‗lat chiqindilari, 8 -7% gacha qayta ishlanadigan
cho‗yan hamda 2 - 3% elektrod siniqlari va 2 - 3% ohaktosh) iborat bo‗ladi.
Pechdagi jarayonni quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin:
Shixta materiallarni pechga yuklash. Pechning avvalgi suyuqlantirishda
shikastlangan joylari bo‗lsa, ular yamalib tuzatilgach
pechga shixta materiallar
kiritiladi. Bunda dastlab mayda, keyin esa yirik
temir - tersak chiqindilari, qayta
ishlanadigan cho‗yan va ohaktosh kiritiladi.