189
Natijada pechda qaytaruvchi gazlar miqdori ortadi.
Shixta materiallarning ajraluvchi gazlar ta'sirida qizib borishdan kimyoviy
birikmalarning parchalanishi sodir bo‗ladi: Masalan, pechning 100 - 350ºC
haroratli zonasida kimyoviy birikmadagi suv yoqilg‗idagi
uchuvchi moddalar
ajralib chiqsa, undan yuqoriroq haroratli zonasida shixtadagi karbonatlar
parchalanadi:
3FeCO
3
→
Fe
3
O
4
+ 2CO
2
+ CO - Q
3MnCO
3
→ Mn
3
O
4
+ 2CO
2
+ CO - Q
CaCO
3
→ CaO + CO
2
- Q vahokazo.
Natijada shixta bo‗laklari g‗ovaklanadi va ba'zan yoriladi.
Bu jarayon pechning
koloshnik qismidan boshlanib shahtaning o‗rtalarida tugaydi.
Temir oksidlaridan temirning qaytarilishi. Ma'lumki temir oksidlaridan
temirning qaytarilishi uglerod (II) - oksid, uglerod
va vodorod hisobiga sodir
bo‗ladi. Domna pechlarida temirning uglerod (II) - oksid hisobiga temir
oksidlaridan qaytarilishi taxminan 400ºC
haroratda boshlanib, 900 - 1000ºC
haroratda tugaydi.
3Fe
2
O
3
+ CO = 2Fe
3
O
4
+ CO
2
+ Q
Fe
3
O
4
+ CO = 3FeO + CO
2
- Q
FeO + CO = Fe + CO
2
+ Q
Temirning temir oksidlaridan CO hisobiga qaytarilish tezligi pech
haroratiga, ruda
tarkibiga, fizik holatiga, qaytaruvchi gazlarning miqdoriga bog‗lik.
Shuni qayd etish kerakki, shahtaning pastki qismida (1000ºC zonasida) hali
qaytarilmay qolgan temir (II) - oksid koks uglerodi va temir ruda g‗ovaklaridagi
qorakuya ko‗rinishidagi qattiq uglerod hisobiga ham qaytariladi:
FeO + C = Fe + CO - Q.
Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, Fe ning 60 - 50% uglerod (II) - oksidi hisobiga
va 40 - 60% qattiq uglerod hisobiga (agar 0,2 - 1% shlakka o‗tishi
hisobga
olinmasa) to‗la qaytariladi.