|
Magnit separatorli mashinada boyitish Pdf ko'rish
|
bet | 112/158 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,39 Mb. | | #115552 |
Bog'liq pdf (2)Magnit separatorli mashinada boyitish. Bunda maydalangan magnit
temirtosh magnit separatorning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi.
Ruda elektromagnitning ta'sir zonasiga kirganda, uning temir (Fe
3
O
4
) oksidli qismi
elektromagnitga tortilib, bekorchi jinslardan tozalanadi. Boyigan temir ruda
elektromagnitning ta'sir zonasidan chiqqach tashqaridagi maxsus yashikka ortila
boradi.
Mayda rudalarni yiriklashtirish. Rudalarni qazib olishda, elashda ko‗plab
chang holdagi chiqindilar yig‗iladi. Bulardan ma'lum o‗lchamli (10 - 40 mm)
boyitmalar olish uchun maxsus tarkibdagi maydalangan shixta (40 - 50% temir
ruda, 15 - 20% ohaktosh, 20 - 30% boyitma, 4 - 6% koks, 6 - 9% suv) aralashmasi
mashina qoliplariga kiritilib, 1300 - 1500ºC haroratda qizdirilib pishiriladi.
Pishirish davomida rudadagi zararli begona jinslarning bir qismi (S, As)
karbonatlar parchalanishi natijasida ajralib, qisman suyuq faza hosil bo‗ladi. Bu
suyuq faza yordamida zarrachalar o‗zaro bog‗lanib, flyusli g‗ovak boyitma
(aglomerat) olinadi. (Ba'zi hollarda mayda rudalarga bog‗lovchi material sifatida
gil, smola qo‗shilib, ularni pressformada presslab briketlar ham olinadi.)
Keyingi yillarda mayda temir rudalarga va boyitmalarga ma'lum miqdorda
ohaktosh va koks maydalari, bir oz bentonit gil qo‗shib suv bilan qorishtirilgan
massa sayoz idish (granulyator) da yoki aylanuvchi barabanlarda ishlov berib,
diametri 25 - 30 mm li g‗ovak sharsimon bo‗lak (okatish) lar olinadi. Ularni
pechda 1300 - 1400ºC haroratda qizdirib, pishirilgandan so‗ng saralanadi.
Okatishlar aglomeratlardan puhtaroq bo‗ladi. Okatishlardan foydalanish koksni
tejash imkonini beradi.
O„rtachalashtirish. Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta
shahtadan keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo‗ladi.
Shuning uchun ularning tarkibini o‗rtachalashtirish talab etiladi, chunki shixta
materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo‗lishi pechning ish unumini belgilovchi
asosiy ko‗rsatkichlardan biridir. Kimyoviy tarkibi turlicha bo‗lgan rudalarni
o‗rtacha kimyoviy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan rudalar o‗zaro
aralashtiriladi.
|
| |