• 7. QORA METALLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Nazorat savollari: 
    1. Ruxning qanday tabiiy minerallarini bilasiz?
    2. Sulfidli rux boyitmasini kuydirish amaliyoti qanday amalga oshiriladi?
    3. Ruxni tanlab eritish jarayoniga qaysi omillar ta‘sir ko‗rsatadi?
    Umumiy savollar 
    1. Mis qotishmalaridan qanday turlarni bilasiz?
    2. Misning qanday xomashyolari bor?
    3. Misli xomashyolarni kuydirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
    4. Misli xomashyolar va minerallar tarkibi.
    5. Misning xossalari va ishlatilishi.
    6. Misning xomashyolarini boyitish texnologiyasi.
    7. Mis boyitmalarini kuydirish.
    8. Oltinning qanday minerallarini bilasiz?
    9. Oltinni boyitishda qanday texnologiyalar ishlatiladi?
    10. Oltinni gidrometallurgik qayta ishlashda sorbsion-desorbsion tanlab 
    eritishdan asosiy maqsad nima?
    11. Ruxning qanday tabiiy minerallarini bilasiz?


    179 
    12. Sulfidli rux boyitmasini kuydirish amaliyoti qanday amalga oshiriladi?
    13. Ruxni tanlab eritish jarayoniga qaysi omillar ta‘sir ko‗rsatadi?
    7. QORA METALLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI 
    Qora metallar, umuman po‗latning xalq xo‗jaligida ahamiyati juda ham katta. 
    Xalq xo‗jaligida qora metall ishlatilmaydigan soha topilmaydi. Har qanday 
    davlatni iqtisodiy qudrati darajasini birinchi o‗rinda eritib olinadigan po‗lat 
    miqdori bilan aniqlanadi. Po‗latsiz konchilik, neft va gaz tarmoqlari, 
    mashinasozlik, transport, hatto qishloq xo‗jaligi ham rivojlanmaydi.
    Temir qadimgi Misrda ma‘lum bo‗lgan edi. U yerda temirni sof holatda 
    (meteorit temiri) topishgan va uni oltin bilan teng hisoblashgan. Temirni 
    ma‘dandan ochiq usulda ajratib olish shu soha sanoatini tezlik bilan rivojlanishiga 
    sabab bo‗ldi. Bu insoniyatni rivojlanishigi juda katta hissa qo‗shdi. Ushbu usul 
    xom havo bilan purkash deb nomlandi. Chunki bu yerda oddiy qizdirilmagan havo 
    ishlatilgan. Ushbu jarayonning mohiyati shundaki toshdan qilingan gornga pista 
    ko‗mir va temir rudasi joylashtirilib, gornning tagidan yonish uchun kerakli 
    bo‗lgan havo yuboriladi. Yonganda hosil bo‗lgan SO gazi (uglerod oksidi) temirni 
    tiklaydi. Yonib bo‗lgan ma‘danni bolg‗a bilan pachoqlab, shlakdan tozalashgan. 
    Bunday havo bilan tozalangan temir bir xilda emas edi. Vaqt o‗tgan sari ushbu usul 
    takomillashib, birmuncha yuqori haroratda kuydirilgandan so‗ng, temir ma‘dani 
    suyuq cho‗yan ga aylana boshladi.
    XIX asrgacha po‗lat juda ham qimmat metall hisoblanardi, chunki po‗lat 
    ajratib olish uchun ko‗p miqdorda pista ko‗mir ishlatilar edi. Bu metallurgik 
    zavodlar atrofidagi o‗rmonlarning to‗liq yo‗q bo‗lib ketishiga olib keldi. Bu 
    muammoni yechish maqsadida Puding jarayoni kashf etildi. Puding jarayonida 
    toshko‗mir koksi ishlatilib cho‗yandan xamir ko‗rinishidagi temir olina boshlandi. 
    Pechning osti temir okalinasi va shlakdan tayyorlanar edi. Lekin bu jarayon ham 
    keng tarqalmadi.
    1864-yilda Fransuz muhandisi Pyer Marten suyuq po‗latni alangali pechda 
    olishni ishlab chiqdi. Marten jarayonida issiqni boshqarish, metalldan oltingugurt 


    180 
    va fosforni ajratib olish, ko‗p miqdordagi temir-tersakni qayta ishlash imkoniyati 
    bor. Bu jarayon butun dunyoda keng tarqalgan.
    Marten jarayoni bilan birgalikda birinchi elektr po‗lat quyish pechlari paydo 
    bo‗ldi. Bunday pechlarda murakkab, yuqori legirlangan po‗latni eritish mumkin. 
    Birinchi marotaba 1952-yilda Avstraliyada va 1957-yilda Dnepropetrovskda 
    muhandis Mozgov N.I. taklifi bilan kislorod-konverter jarayoni joriy qilindi.
    XX asrda rangli metallar, ayniqsa alyuminiy va mis ishlab chiqarish bir 
    necha marotaba ko‗tarildi. Lekin qora metall ishlab chiqarish dunyo ishlab 
    chiqarishida o‗zgarmay qolaverdi.
    Po‗lat quyishning qo‗shimcha omillari kimyo sanoati, mashinasozlik, neft va 
    gaz tarmoqlari va boshqa sanoatlar masshtabining kengayishini rivojlantirdi. 
    Po‗latning boshqa metallar bilan qotishmasi yangi konstruksion materiallarni 
    ishlab chiqarishning ilmiy texnologiyalarini rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, 
    po‗latning zanglamaydigan turlarini ishlab chiqarish tez sur‘atlarda ko‗tarildi.
    Po‗latni sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan miqdorda olish usullari po„lat 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish