174
1) rux oksidini – ZnO yaxshi erishi;
2) bo‗lajak elektrolitik tiklanishda qulaylik;
3) rux zavodlarida sulfat kislotasining mavjudligi;
Rux oksidi sulfat kislotaning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi, rux sulfati esa
– suvda:
ZnO + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O
Rux sulfidi qizitilgan kuchli sulfat kislotasida erishi mumkin:
ZnS + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
S
bunda zaharli vodorod sulfid gazi ajralib chiqadi.
Kuydirish davomida bir qancha miqdorda rux silikati, (nZnO · mSiO
2
), rux
ferriti (xZnO·yFe
2
O
3
) va alyuminatlari (ZnO·Al
2
O
3
) paydo bo‗ladi. Bu birikmalar
sulfat kislota eritmasida qiyin eriydi. Ularning erish qobiliyati
harorat va sulfat
kislotaning konsentratsiyasi oshib borishi bilan oshadi.
Masalan, rux ferritidan ruxni eritmaga o‗tkazish uchun sulfat kislotaning
konsentratsiyasi 200-300 g/l va 80-90
o
C harorat talab qilinadi.
Ruxdan
tashqari, kuyindida temir, mis, kadmiy, qo‗rg‗oshin, kumush, oltin,
nikel, kobalt, marganes, bariy, kalsiy, alyuminiy va boshqa metallar bor.
Kadmiy xususiyatlari bo‗yicha ruxga yaqin, uni oksidi CdO sulfat kislotasida
yaxshi eriydi:
CdO + H
2
SO
4
= CdSO
4
+ H
2
O
Kuyindidan eritmaga 85-90 % kadmiy o‗tadi. Temir kuyindida, asosan rux va
mis
ferritlar shaklda uchraydi, shuningdek kuyindida temir oksidlari Fe
2
O
3
, va
Fe
3
O
4
ham mavjud. Sulfat kislota eritmasida Fe
2
O
3
qisman eriydi.
Kuydirish pechining siklon changida
kam miqdorda Fe
2
(SO
4
)
3
uchraydi. Uch
valentli temir sulfati eritmada ham hosil bo‗ladi:
Fe
2
O
3
+ 3H
2
SO
4
= Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O
Eritmada Fe
2
(SO
4
)
3
mis birikmalari, SO
2
va metall sulfidlari bilan ikki valentli
temir sulfatigacha FeSO
4
tiklanadi. Bu jarayon
ruxni kuyindidan eritmaga,
quyidagi reaksiya orqali, o‗tishiga ko‗maklashadi:
ZnS + Fe
2
(SO
4
)
3
= ZnSO
4
+ 2FeSO
4
+ S
175
Eritmaga kuyindidan faqat 3-4 % temir o‗tadi, uni eritmadagi miqdori 1-2 g/l
tashkil etadi.
Mis kuyindida oksid (CuO, Cu
2
O), ferrit (nCuO ∙ mFe
2
O
3
), silikat (xCu
2
O ∙
ySiO
2
) shakllarda uchraydi. Eng oson CuO eriydi va CuSO
4
ni hosil qiladi. Mis
ferriti, rux ferritiga o‗xshab, qiyin eriydi. Tanlab eritishda taxminan misning yarmi
eriydi, yarmi esa kekda qoladi.
Surma (III) va mishyak (III) oksidlangan birikmalari
kuyindini tanlab
eritishda As
2
(SO
4
)
3
va Sb
2
(SO
4
)
3
shakllarda eritmaga o‗tishadi. Surma (V) va
mishyak (V) oksidlari qiyin eriydigan birikmalardir.
Nikel, kobalt va marganeslar eriydi va NiSO
4
, CoSO
4
va MnSO
4
sulfatlarini
hosil qiladi.
Tanlab eritishda qo‗rg‗oshin, deyarli to‗liq quyidagi reaksiyaga asosan, kekka
o‗tadi:
PbSiO
3
+ H
2
SO
4
= PbSO
4
+ H
2
SiO
3
Qo‗rg‗oshin, mis va rux silikatlarining erishi eritmani
kremniy birikmalari
bilan ifloslantirishga olib keladi. Bu jarayon tanlab eritishdan so‗ng cho‗ktirish
(quyuqlashtirish) va filtrlash jarayonlarini qiyinlashtiradi.
Kumush kuyindida Ag
2
S va Ag
2
SO
4
shaklda uchraydi. Kumush sulfati yaxshi
eriydi, keyin esa eritmada mavjud bo‗lgan xlor ionlari bilan qiyin eriydigan AgCl
birikmasi shaklda cho‗ktiriladi. Kumush sulfidi erimaydi va kekda qoladi. Oltin
to‗liq qattiq qoldiqlarda qoladi.
Kalsiy va bariy oksidlari sulfat kislota eritmalarida qiyin eriydigan birikmalar
hosil qilishadi. Jarayonning umumiy reaksiyasi:
MeO + H
2
SO
4
= MeSO
4
+ H
2
O
Qo‗rg‗oshin, kalsiy va bariylar sulfat kislotaning bir qismini
qiyin eriydigan
sulfatlarga bog‗laydi, shu sababdan kuydirish davrida sulfat ko‗rinishidagi
oltingugurt miqdorini bir oz ko‗paytirish kerak bo‗ladi.
Xlor, ftor, natriy va magniy birikmalari oson eriydi va eritmada to‗planadi.
Noyob metallar - talliy, galliy, indiy va germaniylar qisman eritmaga o‗tadi.