• Temir rudalari.
  • Maydalash va saralash
  •  CHO„YAN METALLURGIYASI. CHO„YAN ISHLAB




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    7.1. CHO„YAN METALLURGIYASI. CHO„YAN ISHLAB 
    CHIQARISHDAGI FOYDALANILADIGAN XOMASHYO. 
    7.1.1. Cho„yan ishlab chiqarish rudalari


    183 
    Zamonaviy metallurgiya kombinatlari yirik va murakkab inshoot kompleksi 
    bo‗lib, ular rudalarni boyituvchi, koks ishlab chiqaruvchi batareyalar va pechlarni 
    qizdirilgan havo bilan uzluksiz ta'minlovchi qurilmalar, quymalar prokat 
    mahsulotlar ishlab chiqaruvchi bo‗linmalar va boshqalardan tashkil topgan. 
    Cho‗yanlarni domnalarda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishishdan 
    oldin cho‗yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar haqida to‗xtab 
    o‗tamiz. 
    Domnalarda cho‗yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy materiallar 
    temir rudalari, yoqilg‗ilar va flyuslardan iborat bo‗lib, ularning majmuasi shixta 
    deyiladi. 
    Temir rudalari. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga turli boshqa 
    qo‗shimchalar: qum, giltuproq, silikatlar, kalsit, shuningdek oz miqdorda S, As, va 
    P lar uchraydi. 
    Shuni qayd etish lozimki, ba'zi temir minerallarida Fe dan tashqari oz bo‗lsa-
    da Cr, Ni, W, V, Cu, Ti, Mo va boshqa metallar uchraydi. Bunday rudalar 
    kompleks rudalar deyiladi. Bu rudalardan cho‗yan olishda foydalanilsa, cho‗yan 
    xossalari yaxshilanadi. Kompleks rudalarning asosiy konlari Ukrainada (Nikolsk), 
    Gruziyada (Chiatura), Orskda va boshqa joylarda bor. 
    Domnalarning texnik - iqtisodiy ko‗rsatkichiga rudaning kimyoviy tarkibi
    fizik holati va o‗lchamlarining ta‗siri katta. Shu sababli rudani pechga kiritishdan 
    avval u begona jinslardan birmuncha tozalanadi va saralanadi. 
    Rudalarni boyitishning asosiy usullari bilan tanishib chiqamiz. 
    Maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun 
    ularni karyerlarni o‗zidayoq turli konstruksiyali (jag‗li, konusli) maydalash 
    mashinalarida maydalab, mexanik g‗alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li bo‗laklarga 
    saralanadi. 
    Yuvish. Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning 
    uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv 
    haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko‗tarilib, tashqariga chiqib ketadi, 
    boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig‗iladi. Keyin u yerdan olinadi. 


    184 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     CHO„YAN METALLURGIYASI. CHO„YAN ISHLAB

    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish