159
―To‗liq il jarayoni‖ bo‗yicha tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlash
sxemasi 21- rasmda ko‗rsatilgan.
Sxemada keltirilgan gidrometallurgik jarayonlarda (quyuqlashtirish, tanlab
eritish, filtrlash) qo‗llaniladigan dastgohlarning qisqa ta‘rifini beramiz:
-
Quyuqlashtirish (suvsizlantirish) jarayoni – yanchish
jarayonidan chiqqan
bo‗tanadagi ortiqcha suvdan xalos bo‗lish maqsadida qo‗llaniladi.
Ko‗p hollarda quyuqlashtirgich tubiga cho‗kkan mahsulotda 50 % -gacha
suv qoladi. Quyuqlashish darajasi yanchilgan
mahsulotning yirikligiga, zichligiga
va fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‗liq.
Kerakli metallni keraksiz moddalardan gidrometallurgiya usuli bilan ajratib
olish uchun
kon mahsuloti maxsus sharoitda, maxsus kimyoviy modda
(reagent)ning suvdagi eritmasi bilan aralashtiriladi.
Bunda kerakli metall yoki
uning birikmasi reagent bilan reaksiyaga kirishib, suvda
yaxshi eriydigan modda
hosil qiladi va metall eritmaga o‗tadi. Keraksiz birikmalar esa o‗z holicha qoladi.
Bu jarayon –
tanlab eritish deb ataladi.
Tanlab
eritish
mexanik,
pnevmomexanik,
pnevmatik
(pachuk)
aralashtirgichlar bilan ishlaydigan dastgohlarda (agitatorlarda) amalga oshiriladi.
Tanlab eritish dastgohlari 22-rasmda ko‗rsatilgan:
Hozirgi kunda oltin sanoatida asosan pnevmomexanik aralashtirgichli
agitatorlar va pnevmatik aralashtirgichli agitatorlar qo‗llaniladi.
Pnevmatik
agitatorlar – ‖pachuk‖ deb ham nomlanadi.
Pnevmomexanik aralashtirgichli agitatorning diametri balandligidan kata
bo‗ladi.
Agitatorning markazida, dastgohning tubiga yotmaydigan va tishli
mexanizm yordamida aylantiriladigan quvur o‗rnatilgan.
Quvurga bosim bilan
havo beriladi. Quvurning pastki qismida qumlarni agitator tubining markaziga olib
keladigan ―skreboklar‖ o‗rantilgan.