• 6.2.3. Konsentratsion stolda oltinni ajratib olish
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

     
     
    20-rasm. Yirik oltinni cho‘ktirish usulida ajratib olish sxemasi 
    1-tegirmon; 2-cho‗ktirish mashinasi; 3-sinflagich 
    Gravitatsion usulda esa, oltin saqlovchi ruda tarkibidan yirik oltin ajratib 
    olinadi. Respublikamizning oltin ajratib olish zavodlarida (GMZ-1, GMZ-2, GMZ-
    3, Marjonbuloq oltin saralash fabrikasi) gravitatsion boyitishning quyidagi usullari 
    qo‗llaniladi:
    - cho‗ktirish mashinalarida yirik oltinni ajratib olish
    - cho‗ktirish mashinasida olingan boyitmani konsentratsion stolda qayta 
    tozalash. 
    Cho‗ktirish mashinalari odatda yanchish jarayoning birinchi bosqichida 
    tegirmon bilan birgalikda ishlatiladi. Yirik oltinni cho‗ktirish usulida ajratib 
    olishning sxemasi 20-rasmda ko‗rsatilgan.
    6.2.3. Konsentratsion stolda oltinni ajratib olish 
    Ruda 
    Bo‗tana 
    Boyitma, qayta 
    tozalashga 
    Qum, 
    qayta 
    yanchishg
    agaga 





    155 
    Yuqorida 
    aytgandek, 
    cho‗ktirish 
    mashinalarida 
    olingan 
    boyitma 
    konsentratsion stollarda qayta tozalanadi. Qayta tozalash natijasida oltinga boy 
    mahsulot oladi, uning tarkibidagi oltinning miqdori 1 kg/tonna gacha yetishi 
    mumkin. 
    Konsentratsion stol sosna daraxtidan tayyorlangan doska va uning ustidan 
    qoplangan rezinadan iborat tekislikdir. Qiya tekislik deka deyiladi. Stolning 
    tebranish takrorligi bir minutda 275-300 marotaba, dekaning ustida yirik 
    mahsulotlarni ushlab olish uchun ―narifleniya‖ (yassi-qobirg‗alar) deb 
    nomlanuvchi moslamalar mavjud. Bo‗tana stolning yuklanish qismiga beriladi va 
    dekaning qiyalik burchagiga bog‗liq tezlik bilan oqib tushadi.
    Suspenziya oqimining harakatlanishi natijasida og‗ir minerallar 
    narifleniyalar yordamida ushlab qolinadi, yengil zarrachalar esa o‗z harakatini 
    davom ettiradi. Konsentratsion stollari gravitatsiya usulida boyitishning asosiy 
    dastgohlaridan biridir. Boyitish stoli quyidagi qismlardan iborat (3-rasm): 
    1. Stanina – stolining tayanch tagligi bo‗lib xizmat qiladi. 
    2. Deka – boyitish stolining qiya tekisligi – ishchi organ. 
    3. Yassi – qobirg‗alar ( narifleniya ). 
    4. Harakatga keltiruvchi mexanizm. 
    Stol dekasi ma‘lum burchak ostida burila oladi. Uning usti taxta, rezina, 
    linoleum bilan qoplangan bo‗lishi mumkin. Qovurg‗alar tepadan pastga bir–biridan 
    uzun ma‘lum oraliqda joylashadi. Uning balandligi 2 mm bo‗ladi. 
    5. Xomashyo bo‗tana qabul qilish qutisi eng tepada joylashadi. 
    Stol ilgarilama bo‗ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo‗tana yuvib 
    turiladi. O‗lchami 0-2 mm bo‗lgan ruda zarralari, bunday stollarda yaxshi 
    saralanadi. Zichligi katta bo‗lgan zarralar, qobirg‗alar orasidan, stol chetiga surilib 
    pastga to‗kilib og‗ir material boyitmani tashkil etadi. Yengil qum zarralari suv 
    bilan tez ko‗tarilib, yuvilib, stol boshi va o‗rta qismida pastga tushib to‗planib 
    chiqit va oraliq mahsulot sifatida to‗planadi. Stol oxirida eng og‗ir, o‗rta og‗ir va 
    og‗irroq zarralar ilonizsimon birin ketin oqim bilan ajratilib chiqish kuzatiladi (4-
    rasm).


    156 
    Boyitish stollari GMZ-1, GMZ-2 kabi zavodlarda cho‗ktirish mashinasidan 
    keyin qo‗yiladi. Boyitish stoli katta samara bilan ishlaydigan gravitatsiya usulida 
    boyitish dastgohlaridan biridir. 
    Boyitmalar qayta-qayta o‗tkazilib talabga javob beradigan holga keltiriladi. 
    Bundan chiqqan boyitmalar asosan oltin saqlovchi flyus sifatida mis eritish 
    shixtasiga qo‗shiladi, yoki korxonaning o‗zida qayta ishlanishi mumkin. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish