• 6.2. OLTIN METALLURGIYASI. OLTIN ISHLAB CHIQARISHDAGI METALLURGIK JARAYONLARNING TAVSIFI 6.2.1. Oltinning fizik-kimyoviy xususiyatlari va minerallari
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Nazorat savollari 
    1. Mis qotishmalaridan qanday turlarni bilasiz?
    2. Misning qanday xomashyolari bor?
    3. Misli xomashyolarni kuydirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
    4. Misli xomashyolar va minerallar tarkibi.
    5. Misning xossalari va ishlatilishi.
    6. Misning xomashyolarini boyitish texnologiyasi.
    7. Mis boyitmalarini kuydirish.
    6.2. OLTIN METALLURGIYASI. OLTIN ISHLAB 
    CHIQARISHDAGI METALLURGIK JARAYONLARNING 
    TAVSIFI 
    6.2.1. Oltinning fizik-kimyoviy xususiyatlari va minerallari
    Oltin quyma shaklida sof sariq rangda, erigan holda – yashil, mayin 
    maydalangan holatda ko‗k-kulrang va hatto qora rangda bo‗lishi mumkin. 
    Oltinning erish harorati – 1063,4 
    0
    С, qaynash harorati esa – 2966,0 
    0
    С.
    Oltin juda toblanuvchan metall bo‗lib undan 0,0001 mm qalinligidagi 
    plastina olish mumkin. Oltinning cho‗ziluvchanligi ham juda yuqori, 0,05 g 
    oltindan 160 m sim cho‗zish mumkin.
    Oltin tarkibidagi qo‗shimcha moddalar oltinning toblanuvchanligini, 
    cho‗ziluvchanligini pasaytiradi. Masalan, oltin tarkibida 0,1% - Al; 1% -Fe yoki 
    1% - Sn bo‗lsa oltinning qattiqligi ortadi, 0,005 % - Pb, 0,01% - Te yoki 0,1% - Bi
    bo‗lsa oltin mo‗rt bo‗ladi. 
    Erigan holda oltin gazlarni yutish xususiyatiga ega. Masalan, oltin vodorod 
    yoki kislorod gazlari muhitida 37-46 hajm vodorod va 33-46 hajm kislorodni 
    yutadi. 


    150 
    Kimyoviy inertligi tufayli oltin rudalarda asosan tug‗ma metall holida 
    uchraydi. Sof oltin zarrachalarining kimyoviy tarkibi keng chegarada o‗zgarib 
    turadi, lekin hamisha miqdor jihatdan oltin ustun turadi. Sof oltindagi tipik 
    qo‗shimchalar – kumush, mis, temir, oz miqdorda margimush (mishyak), tellur, 
    selen va boshqa elementlardir. 
    Sof metall zarrachalaridagi oltinning miqdori 75-90 %, undan tashqari 
    kumush 1-10 %, temir va mis 1% gacha. 
    Kimyoviy birikma hisoblanuvchi oltinning minerallaridan – telluridlar 
    mavjud. Oltin telluridlarda quyidagi birikmalar holatida uchraydi: AuAgTe
    4
    – 
    silverit; AuAgTe
    2
    – krennerit; Au
    3
    AgTe
    2
    – petsit. 
    Oltinning asosiy minerallari va ulardagi oltinning miqdori 10 – jadvalda 
    keltirilgan: 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish