152
Oltin va kumush zarrasi – ochilib, uni gidrometallurgiya
usulida eritib,
kimyoviy ajratib olishga yaroqli holda qoldirish maqsadga muvofiqdir. Tabiatda
yirik oltin zarralari bilan, bir qatorda o‗ta mayda oltin zarralari mavjud. Shu
boisdan rudalarni 0,4 mm dan 0,074mm gacha maydalash lozim bo‗ladi.
Ko‗pincha rudaning maydalash darajasini, shu ruda tarkibidagi
halaqit beruvchi
moddalarning borligi belgilaydi. Odatda rudalar yirik, o‗rta va kichik o‗lchamda
maydalash bilan bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Bunda har bir
maydalashdan so‗ng orada g‗alvirlash jarayoni qo‗yiladi. Maydalash uchun
konusli, jag‗li, qiska konusli maydalash mashinalari (drobilkalar)ishlatiladi (17-
rasm).
a. b.
19- rasm. a- konusli maydalash mashinasining ko„rinishi, b – jag„li
maydalash mashinasining tuzilishi
Ikki bosqichli maydalashda ruda 20 mm , uch bosqichli maydalashda 6,0 mm
o‗lchamgacha maydalanadi. Maydalash jarayonidan
chiqqan mahsulot oltin
yuzasini to‗la ochish maqsadida yanchish jarayoniga yuboriladi. Yanchish ham
maydalash kabi bir, ikki yoki uch bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
Bosqichlar soni ruda tarkibidagi oltinning
to‗liq ochilishiga bog‗liqdir. Yanchish jarayoni tegirmon deb nomlanuvchi
dastgohlarda amalga oshiriladi. Yanchish jarayonida rudani quruq yoki ho‗l
holatda (bo‗tana shaklida) olib borish mumkin. Tegirmonlar yanchadigan usuliga
153
qarab ho‗l holatda o‗zi yanchar, sharli (soqqali), sterjenli
va boshqa turlarga
bo‗linadi.
O‗zbekiton Respublikasining oltin saralash fabrikalari va oltin ajratib olish
zavodlarida ko‗pincha ikki bosqichli yanchish jarayoni qabul qilingan.
Yanchishning birinchi bosqichida odatda o‗zi yanchar tegirmonlar, ikkinchi
bosqichida esa sharli tegirmonlar qo‗llaniladi. Yanchish ho‗l holatda olib boriladi.
Tegirmonlardan chiqadigan yanchilgan mahsulot bo‗tana shaklida bo‗ladi.
Yanchish jarayoni yanchish darajasi bilan belgilanadi.
Yanchish darajasini
aniqlovchi ko‗rsatkich bu bo‗tana tarkibidagi 0,074 mm sinfining miqdoridir.
Yanchilgan mahsulotda 0,074 mm sinfining miqdori oltin ishlab chiqarish
sanoatida 80-85 % dan kam bo‗lmasligi kerak. Bu ko‗rsatkichda ruda tarkibida
oltin zarralari deyarli to‗liq ochiladi.
Yanchish jarayonida belgilangan ko‗rsatkichga qadar yanchilmay qolgan
rudani to‗liq yanchish maqsadida, tegirmonlardan chiqadigan mahsulot sinflanadi
va
yirik
mahsulotlar
qaytadan
tegirmonlarga
qaytariladi.
Masalan
Respublikamizadigi oltin saralash fabrikalarida yanchish
jarayonining birinchi
bosqichida tegirmon spiralli sinflagich, ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar esa
gidrosiklon deb nomlanuvchi sinflagichlar bilan birga ishlaydi. Tegirmon yonidagi
spiralli sinflagichlar yirik o‗lchamli 1-3mm rudani qaytarib tegirmonga yuklaydi.
Gidrosiklonda bo‗tana ―qum‖ va ―sliv‖ (suyuq bo‗tana) deb nomlanuvchi
mahsulotlarga ajratiladi.
Qum qaytadan yanchiladi, sliv esa keyingi jarayonlarga
jo‗natiladi.
Yanchilgan ruda bo‗tana shaklida boyitishga yoki gidrometallurgik qayta
ishlash jarayonlariga yuboriladi.
Boyitish jarayonlarining asosiy maqsadi oltinga boy boyitmalar olishdir.
Oltin rudalarini boyitishning quyidagi usullari sanoatda keng tarqalgan: flotatsion
boyitish va gravitatsion boyitish.
Boyitish jarayonlarining belgilovchi asosiy
omillardan biri bu oltin
zarrachalarning yirikligi va zichligidir. Flotatsion boyitish usuli asosan mayda va
mayin oltin saqlovchi va sulfidli oltin saqlovchi rudalarni boyitishda qo‗llaniladi.