151
Sof oltin zarrachalarining o‗lchami keng chegarada o‗zgarib,
mikroskop
ostida ko‗rinadigan juda kichik zarrachalardan tortib, 10-100
kg li gigant yombi
holida ham uchrashi mumkin.
Oltin zarrachalarning kattaligi uning eng asosiy texnologik xossalaridan biri
hisoblanadi, chunki unga asoslanib oltinni rudalardan ajratib olishda ma‘lum bir
texnologik jarayonlarni tanlanadi.
Oltinning kattalik o‗lchamlari quyidagi ko‗rsatkichlar bilan belgilanadi: yirik
oltin + 70 mkm, mayda oltin – 70 mkm, mayin zarrachali oltin – 1 mkm.
Tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlashning texnologik sxemasi
xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qaysi bir sxema tanlash juda ko‗p
omillarga
bog‗liq, ularning asosiylari: rudadagi oltinning tavsifi, rudaning dastlabki kattaligi,
rudaning moddiy tarkibi, rudada oltindan tashqari
qimmatbaho komponentlarning
mavjudligi, qayta ishlash texnologiyasini murakkablashtiruvchi komponentlarning
mavjudligi va h.k.
Rudadan oltinni ajratib olishning texnologik jarayonlariga tayyorlov
(maydalash, yanchish), boyitish (gravitatsion
boyitish, flotatsion boyitish) va
metallurgik jarayonlar (amalgamatsiya, sianlash,
sorbsion tanlab eritish,
desorbsiya, rux kukuni bilan cho‗ktirish (sementatsiya), elektr cho‗ktirish) kiradi.
Tanlangan texnologik sxema oltinni rudadan yuqori darajada ajratib olishni,
homashyoning kompleks ravishda ishlatilishini, moddiy,
energetik va mehnat
resurslarining kam miqdorda sarflanishini, sanoat chiqindilari
bilan atrof-muhitni
eng kam miqdorda ifloslantirishini ta‘minlash kerak.
Oltin saralash korxonalarining oxirgi mahsuloti xomaki oltin yoki oltinga
boy cho‗kma hisoblanadi. Bu mahsulotlarning keyingi
qayta ishlanishi maxsus
affinaj zavodlarida yuqori tozalikdagi oltin olish bilan amalga oshiriladi.