133
Silindr shaklidagi pechlar to‗liq metall qobiqdan iborat bo‗lib, uning ustida
bir necha umuman qalin metalldan tayyorlangan belbog‗lar (bandaj)
bilan
mahkamlanadi.
Shaxtali pechlar suv yordamida sovitiladi. Shu sababdan pech devorlari
atrofida suv harakatlanishi uchun maxsus tayyorlangan
moslamalar - kesonlar
joylashtiriladi. Kesonlar o‗zaro bog‗liq bo‗lib, (suv harakatlanishi uchun) tashqi
metall belbog‗larga mahkamlanadi.
5.4.4. Pechlarning o„tga chidamli g„ishtlardan teriladigan
elementari
Pechlarning teriladigan elementlari yoki futerovkasi metallurgik pechlarning
eng asosiy qismi bo‗lib, uning
uzoq vaqt davomida ishlashi, unda boradigan
jarayonlarni texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlari futerovkaning sifatiga bog‗liqdir. Shu
sababli pechlarning futerovkalarini tayyorlashda ishlatiladigan o‗tga
chidamli
g‗isht, beton va boshqa materiallarni tayyorlashda, transportirovka qilishda (bir
joydan ikkinchi joyga o‗chirishda) va saqlashda ma‘lum qoida va talablarga qat‘iy
rioya qilish shart.
Pechlarni teriladigan yoki yig‗iladigan elementlariga quyidagilar kiradi: yon
devorlari, shipi, tag qismi va har xil tuynuklar. Bu elementlar o‗tga chidamli turli
shaklga va har xil o‗lchamga ega bo‗lgan standart g‗ishtlardan teriladi. (24-rasm)