130
jihatidan farq qiluvchi tog‗ jinsidir. Bu materiallar izolyatsiya g‗ishtlarini
tayyorlashda, oraliqlarni to‗ldirishda va pechning tashqi - ishchi organi bo‗lmagan
devorlarini suvashda qo‗llaniladi. Asbest - magniyning tabiiy suvli silikati bo‗lib,
issiqlik o‗tkazish koeffisienti 0,13 kkal/(m∙s∙grad) shuningdek yuqori darajali o‗tga
chidamli materialdir. U to‗ldiruvchi sifatida kukun holida, karton, paxta va arqon
holida ishlatiladi.
Sun‘iy issiqlik o‗tkazmaydigan materiallar, ya‘ni yengil, o‗tga
chidamli
materiallar shamotdan, oksidlardan va qisman dinasli materiallaridan tayyorlanadi.
Bu tayyorlangan materiallarning g‗ovakligi 50-85% ni tashkil etadi, oddiy o‗tga
chidamli materiallarniki esa 5-30% ni tashkil qiladi. Yengil, o‗tga chidamli
materiallarning zichligi 0,27-1,3 kg/sm
2
bo‗lib, issiqlik o‗tkazish
koeffitsiyenti
0,09-0,7 kkal/(m. Soat. Grad.). Bu materiallar qo‗llanilishiga qarab ikki sinfga
bo‗linadi, ya‘ni ichki izolyatsiyada qo‗llaniluvchi va tashqi izolyatsiyada
qo‗llaniluvchi materiallar.
Yengil, o‗tga chidamli materiallar pechlarning
turli konstruksiyasida
qo‗llaniladi, jumladan shamotlilari pechlarning kam mexanik kuch ta‘sir qiluvchi,
shlak ta‘siriga uchramaydigan, harorati 1200-1350°C dan oshmaydigan joylarida
qo‗llaniladi. Pechlar qurilishida issiqlik o‗tkazmaydigan
materiallar sifati
shuningdek shlakli paxtalardan foydalaniladi. Shlakli paxtalar rangli va qora
metallurgiyada chiqayotgan erib turgan shlakka havo purkash yo‗li bilan olinadi.
Ulardan to‗ldiruvchi sifatida, yengil, o‗tga chidamli
blok plitalar tayyorlashda
qo‗llaniladi.