Gaz holidagi yoqilg„ilar




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

5.3.3. Gaz holidagi yoqilg„ilar. 
Zamonaviy metallurgik pechlarning asosiy yoqilg‗ilaridan biri - gaz holidagi 
yoqilg‗ilar hisoblanadi. Ular o‗z navbatida tabiiy va sun‘iy bo‗lib, birinchisiga Er 
ostidan olinayotgan tabiiy gaz, ikkinchisiga esa qattiq va suyuq yoqilg‗ilarni qayta 
ishlash natijasida olingan gazlar kiradi. 


124 
Gaz holidagi yoqilg‗ilarning boshqa turdagi yoqilg‗ilardan bir qator 
afzalliklari mavjud, ularga:
1. issiqlikni energiyasining yuqoriligi Q > 3000 kkal/m;
2. tarkibida chiqindi mineral va changlarning kamligi;
3. ularni yondirishda jarayon haroratini boshqarish mumkinligi;
4. uzoq masofalarga quvurlar yordamida uzatish mumkinligi;
5. past sifatli qattiq yoqilg‗ilarni qayta ishlab olish mumkinligi va h.k. 
Gaz holidagi yoqilg‗ilar metallurgiyada nafaqat yoqilg‗i sifatida balki metall 
ajratib olish jarayonida qaytaruvchi sifatida ham foydalaniladi. Quyida 
metallurgiyada qo‗llaniladigan gaz holidagi yoqilg‗ilarning asosiylari tasnifi bilan 
tanishib chiqamiz. 
Tabiiy gaz. Tabiiy gazlar Yer bag‗rida paydo bo‗lib, asosini metan CH
4
tashkil etadi. U tabiatda:
1. haqiqiy gaz konlaridan (CH
4
- 93 % gacha)
2. neft konlarida (CH
4
- 54 % gacha) birgalikda uchraydi.
Tabiiy gaz quritish, kuydirish, eritish va tozalash pechlarida yoqilg‗i sifatida 
ishlatiladi. 
Koks gazi - toshko‗mirdan koks tayyorlashda olinadi. Koks gazining issiqlik 
energiyasi Q = 4000 kkal/m
3
bo‗lib, pechlar uchun sifatli yoqilg‗i hisoblanadi. 
Koks gazi qora metallurgiyada asosiy yoqilg‗i va metallni tozalashda qaytaruvchi 
sifatida foydalaniladi. 
Domna va koloshnik gazlari domna pechlari va rangli metallurgiya 
pechlarining ikkilamchi mahsuloti hisoblanadi. Bu gazlar asosan past haroratda 
ishlaydigan pechlarda, suv qaynatish qozonlarida va boshqa dastgohlarni isitish 
uchun ishlatiladi. 

Download 3,39 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish