123
ishlashdan olingan smola va mator yoqilg‗isi, kolloidli yoqilg‗ilar hamda sintetik
suyuq yoqilg‗ilardir.
Suyuq
yoqilg‗ilarning
qattiq
yoqilg‗ilarga
nisbatan
afzalliklari
quyidagilardan iboratdir, ya‘ni yuqori issiqlik energiyasiga egaligi (
sh
H
Q
=8500-
1000 kkal/kg), chiqindini miqdorini pastligi (A
ish
= 0:0,3%),
alanga oldirishni
soddaligi, po‗lat quvurlar orqali bir joydan ikkinchi joyga uzatilishi mumkinligi va
h.k.
Metallurgik pechlarni ishlashida suyuq yoqilg‗ilardan - mazut keng
foydaniladi. Mazut neftni haydash natijasida olingan mahsulot bo‗lib,
yuqori
haroratda ishlaydigan kuydirish, eritish va metallarni
tozalash pechlarida
ishlatiladi.
Mazutning sifati uning qovushqoqligi, undagi
chiqindining miqdori va
alangalanish harorati bilan belgilanadi. Mazutning qovushqoqlik darajasini shartli
ravishda 80°C
haroratda qabul qilinib, yuqori sifat ko‗rsatkichi 2,5:6,0 gacha,
pastkisi esa 13:13,5 oralig‗ida. Mazut tarkibida chiqindining miqdori 0,1:0,63%,
namligi 1:4% va solishtirma og‗irligi 0,91-0,99 g/sm
3
ga teng. Mazutning sifatiga
ta‘sir ko‗rsatuvchi elementlardan oltingugurt va parafindir. Kam oltingugurt
markali mazut tarkibida 0.05 - 0.5% gacha va oltingugurtli markasida esa 3 - 3, 5
%
dan oshmasligi kerak.
Mazut moysimon modda bo‗lib, uzoq vaqt sifati
buzilmay maxsus joylarda
saqlanishi mumkin. Uning bu xususiyatidan foydalangan holda metallurgik
zavodlarda pechlarni doimiy yoqilg‗i bilan ta‘minlash
maqsadida ishlatilayotgan
boshqa turdagi yoqilg‗ilardan tabiiy gaz, ko‗mir, koks tashqari ma‘lum miqdorda
mazut yoqilg‗isi ham saqlanadi.