• Qo„ng„ir ko„mir
  • Tosh ko„mir
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Qattiq yoqilg„ilar odatda tabiiy va sun‘iy bo‗ladi. Tabiiy yoqilg‗ilarga o‗tin, 
    torf, qo‗ng‗ir, ko‗mir, toshko‗mir, antratsit va yonuvchi slanes kiradi, sun‘iylariga 
    esa - pista ko‗mir, koks, briketlar, ko‗mir kukunlari va changlari kiradi. 
    Metallurgik pechlarda qattiq yoqilg‗i turlaridan asosan koks va ko‗mir kukunlar 
    keng qo‗llaniladi, boshqalari esa cheklangan miqdorda ishlatiladi. 
    O‗tin - daraxtsimon o‗simlik yoqilg‗isidir. Tabiatdagi daraxtlarning turi 
    xilma-xil bo‗lishiga qaramay ularning organik massasi umuman bir xil bo‗lib, 
    tarkibi taxminan 50% C, 43% O
    2
    va 6% H
    2
    lardan tashkil topgan. O‗tinning 
    yonishidan qoladigan chiqindi kul 1-2 % ni tashkil etadi. 
    O‗tinli yoqilg‗ilar asosan metallurgik pechlarni yangitdan ishga tushirish 
    jarayonida, ya‘ni yangi qurilgan pechlarni, ta‘mir qilingan pechlarni va ma‘lum 
    vaqtgacha to‗xtatilgan pechlarni ishlatishda qizitish uchun qo‗llaniladi. 
    Torf ham tabiiy yoqilg‗ilar turkumiga kirib, foydali qazilma hisoblanadi. 
    Torfning tarkibidagi uglerod moddasining kamligi, issiqlik energiyasining pastligi 
    va ko‗p miqdorda mineral chiqindisi borligi sababli metallurgik pechlarda deyarli 
    foydalanilmaydi. Torf asosan ikkilamchi yoqilg‗i olishda elektrstantsiya va kimyo 
    sanoatida keng foydalaniladi. 


    121 
    Qo„ng„ir ko„mir - torfga nisbatan ancha keyin paydo bo‗lgan o‗simlik 
    yoqilg‗ilari turkumiga kirib, uning tarkibi yoshiga qarab o‗zgaradi va "yetilgan" 
    hamda "yetilmagan" sinflarga bo‗linadi. 
    Qo‗ng‗ir ko‗mir tarkibidagi namlikning yuqori bo‗lishi, chiqindi 
    minerallarining ko‗pligi, hamda beradigan issiqlik energiyasining kam bo‗lganligi 
    sababli metallurgik pechlarda cheklangan miqdorda foydalaniladi. Qo‗ng‗ir ko‗mir 
    metallurgik pechlarda asosan generator yoqilg‗i gazini, ya‘ni uni yoqib CO

    gazini 
    olish uchun va past haroratda ishlaydigan pechlarni isitish uchun ishlatiladi. 
    Tosh ko„mir - qo‗ng‗ir ko‗mirdan ancha farq qilib, tarkibidagi uglerodning 
    miqdori 70-80 % gacha yetib, kislorodning miqdori esa 6-10% bo‗ladi. 
    Toshko‗mir, zichligi yuqoriligi, havodagi namlikni tortib olish qobiliyatining 
    pastligi va tarkibidagi uchuvchi elementlarning kamligi bilan qo‗ng‗ir ko‗mirdan 
    farq qiladi. Toshko‗mir tarkibidagi elementlarning miqdoriga va energetik tasnifiga 
    asosan bir necha sinflarga ajraladi, jumladan D - uzun alangali, G - gazli, J – 
    moyli, K - koksli va h. k. Metallurgik pechlarda yoqilg‗i sifatida, D va G markali 
    toshko‗mirlar chang holida ishlatiladi, K, J, OS markalari esa metallurgik koks 
    olishda qo‗llaniladi. 
    Antratsit - yoshi jihatdan qattiq yoqilg‗ilar orasida oxirgi o‗rinda bo‗lib, 
    tarkibidagi uglerodning miqdori 84-94 % gacha va uchuvchi moddalar 3-7 % 
    gacha bo‗lishi mumkin. Antratsit asosan rangli metallurgiyada shaxtali pechlarda 
    koks o‗rnida ishlatiladi, shuningdek metallurgik pechlar uchun gaz holidagi 
    yoqilg‗i olishda qo‗llaniladi. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish