• Pista ko„mir
  • Ko„mir kukuni
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Yonuvchi slanes - qo‗ng‗ir ko‗mirlar sinfiga mansub bo‗lib, uning 
    tarkibidagi chiqindi minerallarining miqdori 40-70 % va uglerodining miqdori 10-
    30% bo‗ladi. Shu sababli metallurgik pechlarda yonuvchi slaneslardan suyuq va 
    gazsimon mahsulot holida foydalaniladi. 
    Pista ko„mir - yog‗och mahsulotlarini juda kam havo bo‗lgan muhitda, 400-
    500°C haroratda qizdirish orqali tayyorlanadi. Pista ko‗mir yuqori gigroskopik 
    xususiyatga egadir. Uning tarkibida 10% gacha namlik bo‗lib, ochiq havoda 
    saqlansa namligi 40% gacha ortadi. Pista ko‗mirning tarkibida oltingugurtni 


    122 
    yo‗qligi va chiqindi minerallarining kamligi sababli uni metallarni tozalashda 
    qaytaruvchi, tiklovchi sifatida va erigan metalni quyishda qoliplarga muhofaza 
    qatlam sifatida qo‗llaniladi. Pista ko‗mirni qora metallurgiyada domna pechlarida 
    yoqilg‗i sifatida ishlatish mumkin. 
    Koks - toshko‗mirni havosiz sharoitda 1000-1100°C haroratda quruq 
    qizdirish orqali olinadi. Kimyo sanoatida koks tayyorlash jarayoni maxsus 
    texnologiyada olib boriladi. Bu jarayon maxsus koks tayyorlash batareyalarida olib 
    boriladi. Kokslash jarayoni natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi. Massaga 
    nisbatan 15% hisobida 78% koks, 15% koks gazi, 3,5% toshko‗mir moyi, 0,3% 
    ammiak, 07% xomaki benzol va 2,5% yog‗li suv. 
    Kokslash jarayonida ajralib chiqqan gazning issiqlik sig‗imi
    taxminan 4500 
    kkal/m
    3
    ni tashkil etib, yuqori haroratda ishlaydigan metallurgik pechlarda, koks 
    tayyorlash pechlarida yoqilg‗i sifatida ishlatiladi.
    Koks toshko‗mirga nisbatan mexanik mustahkam, issiqlik berish energiyasi 
    (1=6600kg/kkal) va kalorimetrik harorati 700°C ga teng. Koksning bu 
    ko‗rsatkichlari uni metallurgik pechlarda shaxtali, domna hamda metallurgik 
    jarayonlarida qaytaruvchi sifatida keng foydalanishga asosiy omil bo‗ladi. 
    Ko„mir kukuni - toshko‗mir yoki qo‗ng‗ir ko‗mirni 0,05-0,07mm yiriklikda 
    maydalab tayyorlanadi. Tayyor mahsulot tarkibida namlikning miqdori 0,5 % dan 
    kam bo‗lmasligi shart. 
    Metallurgik pechlarda yoqilg‗i sifatida qo‗llaniladigan ko‗mir kukunlarining 
    o‗lchami quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
    R = 6 + 0,5L 
    bu yerda: R - ko‗mir kukunining yirikligi, mm
    L - yoqilg‗i tarkibidagi uchuvchi moddaning miqdori, massasiga nisbatan 
    hisobda. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish