118
2) erigаn mаhsulоtlаrni erkin holdа yoki erimаydigаn kimyoviy birikmаlаr
ko‗rinishidа sеmеntаtsiya, kimyoviy cho‗ktirish (cho‗kmа) mаhsulоtlаri.
Nazorat savollari:
1. Diffuziya deganda nimani tushunasiz?
2. Gazsimon moddalarda qanday diffuzion harakatlanish kuzatiladi?
3. Qattiq moddalarda qanday diffuzion harakatlanish kuzatiladi?
5.3. METALLURGIK YOQILG„ILAR VA ULARNING XILLARI
Yoqilg„ilar haqida qisqacha ma‟lumot. Metallurgik pechlarni issiqlik
energiyasi bilan ta‘minlashda asosiy manba yoqilg‗i hisoblanadi. Yoqilg‗i deb
shunday moddaga aytiladiki, uni kislorodli muhitda
qizdirilganda shiddat bilan
oksidlanib (yonib) ma‘lum miqdorda issiqlik chiqaradi. Bunday moddalarga
elementar oltingugurt, sulfidli minerallarning oksidlanishi
va uglerodi yuqori
bo‗lgan birikmalar kiradi.
Sanoatda uglerodli yoqilg‗ilar keng qo‗llaniladi, ular tabiiy va sun‘iy bo‗lib,
qattiq, suyuq va gaz holida mavjuddir. Ular jumlasiga ko‗mir, neft va tabiiy gaz
kiradi.
Tabiiy yoqilg‗ilar har doim ham metallurgik jarayonlar talablariga javob
beravermaydi. Yoqilg‗ilarning sifatini yaxshilash maqsadida ularga maxsus ishlov
beriladi. Ishlov berish jarayonlariga qattiq yoqilg‗ini boyitish, qattiq yoqilg‗ini gaz
holidagi yoqilg‗iga
keltirish, ko‗mirlarni kokslash, ko‗mir changlardan briketlar
tayyorlash, neftni qayta ishlash, tabiiy gazni konversiyalash va boshqalar kiradi.
Yoqilg‗i xossalariga:
kimyoviy tarkibi, qizdirishga munosabati, issiqlik
darajasi va yoqilg‗i yonishining kalorimetrik harorati kabilar kiradi.
Yoqilg‗ining
kimyoviy
tarkibini uglerod, vodorod, azot, kislorod va
oltingugurtdan tashqari suv W
va yonish natijasida hosil bo‗ladigan kul A, ya‘ni
turli mineral birikmalar tashkil etadi. Yoqilg‗ining
asosini uglerod tashkil etib,
uning yonishi natijasida issiqlik ajraladi.
119
Yoqilg‗ida uglerod organik birikmalar holida bo‗lib, uning miqdori 85 - 90
% gacha yetadi. Kislorod bilan bog‗lanmagan ma‘lum miqdordagi vodorod
yonganida ham ma‘lum miqdorda issiqlik ajraladi.
Azot, kislorod bilan bog‗langan vodorod yoqilg‗i uchun unsur birikmalar
bo‗lib, yoqilg‗ining energetik tasnifiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Yoqilg‗ida
oltingugurt uch xil birikma, ya‘ni organik S
or
, sulfidni (oltingugurt kolchedani) S
k
va
sulfat S
st
holida bo‗ladi. Organik va sulfidli oltingugurt yonganda ma‘lum
miqdorda issiqlik ajraladi, shunga qaramay ularning yoqilg‗i tarkibida oz miqdorda
bo‗lishi maqsadga muvofiq. Sababi ularning yonishi natijasida atmosfera havosini
zaharlovchi SO
2
gazi hosil bo‗ladi.
Yoqilg‗ining
tarkibidagi namlik uning sifatini pasaytiradi. Yoqilg‗i
tarkibidagi namlik tashqi va ichki (yoki mikroskopik) namliklarga ajratiladi.
Ularning birinchisini yoqilg‗ini - 40°C haroratda quritish bilan va ikkinchisini esa
yoqilg‗ini 100°C haroratgacha qizdirish usuli bilan yo‗qotish mumkin.
Qattiq yoqilg‗ilarning yonishi natijasida ma‘lum miqdorda yonmaydigan
chiqindilar ajraladi - u kul deb yuritiladi. Bu chiqindining tarkibini asosan metallar
oksidlari, kremniy,
alyuminiy, magniy, kalsiy va boshqa elementlar tashkil etib,
ular yoqilg‗ining sifatini pasaytiradi.