• 5.4. O„TGA CHIDAMLI MATERIALLAR, ULARNING XILLARI VA ISHLATILISHI 5.4.1. O„tga chidamli materiallar haqida qisqacha ma‟lumot.
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Nazorat savollari: 
    1. Qanday yoqilg‗i turlarini bilasiz?
    2. Qattiq yoqilg‗ilarning suyuq yoqilg‗ilardan qanday afzalligi bor?
    3. Tabiiy gazning tarkibi qanday moddalar?


    125 
    5.4. O„TGA CHIDAMLI MATERIALLAR, ULARNING XILLARI 
    VA ISHLATILISHI
    5.4.1. O„tga chidamli materiallar haqida qisqacha ma‟lumot. 
    Zamonaviy metallurgik pechlar qurilishida ko‗p miqdorda turli materiallar 
    qo‗llash talab qilinadi, ulardan asosiylari: issiqlikka va o‗tga chidamli materiallar, 
    metallar, metall qotishmalar va oddiy qurilish materiallari. Issiqlikka va o‗tga 
    chidamli materiallar pechlarning ishchi qismlarini, ya‘ni yuqori haroratli jarayonlar 
    boradigan ishchi bo‗limlarni yig‗ishda ishlatiladi. Metall va metall qotishmalari 
    pechning tashqi qoplamalarini, mahkamlash ustunlarida, harakatlanuvchi 
    qismlarda, sovitish sistemalarida qo‗llaniladi. Oddiy qurilish materiallari - g‗isht, 
    sement, qum, xarsangtosh va shag‗allar asosan pechlarning fundamentini tay-
    yorlashda, texnologik gazlar harakatlanuvchi qismlarni yig‗ishda foydalaniladi. 
    O‗tga chidamli materiallar deb - uzoq vaqt davomida 1000°C dan yuqori 
    bo‗lgan haroratga bardosh berib, o‗zining mexanik mustahkamligini va shaklini 
    saqlab turuvchi materiallarga aytiladi. O‗tga chidamli materiallar quyidagi 
    talablarni qanoatlantirishi shart, ya‘ni: 
    1. O‗tga chidamliligi - 1580°C dan kam bo‗lmasligi. 
    2. 1000°C dan yuqori haroratda ham yetarli darajada texnik mustahkamlikga 
    ega bo‗lishi. 
    3. Jarayon harorati o‗zgarishiga chidamliligi. 
    4. Metallurgik jarayonlar borishi davomida kimyoviy mustahkamligi. 
    5. Qizdirish natijasida o‗zining shaklini va hajmini saqlab qolishi. 
    6. Fizik xususiyatlari - issiqlik o‗tkazuvchanlik, g‗ovaklik, solishtirma 
    kattaliklari va hokazolarga javob berishi. 
    7. Ko‗plab ishlab chiqarishda tannarxining arzonligi.
    Metallurgik pechlar qurilishida qo‗llanilayotgan o‗tga chidamli materiallar 
    oksidli yoki uglerodli birikmalardan tayyorlanadi. 
    Ular o‗zining tarkibiga ko‗ra 20 ta guruhdan iborat 8 ta sinfga bo‗linadi: 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish