126
I. Kremniy oksidli
a) issiqqa chidamli g‗ishtlar, dinasli bo‗lib tarkibida SiO
2
ning miqdori 90%
dan kam bo‗lmasligi kerak.
b)
kvarsli shisha, SiO
2
ning miqdori 99 % dan oshmasligi kerak.
II. Alyumosilikatli
a) yarim kislotali, tarkibida 70-80% SiO
2
va A1
2
O
3
0-30% dan kam
bo‗lmasligi kerak.
b) shamotli, tarkibini 30% dan 45% gacha A1
2
O
3
tashkil qiladi.
d) yuqori alyumosilikatli tarkibida A1
2
O
3
45% dan kam bo‗lmasligi kerak.
III. Magnizitli
a) tarkibida magniy oksidi - MgO ning miqdori 85% dan kam emas.
b) tarkibidagi dolomitli CaO va MgO larining miqdori (molekulyar
miqdorda) bir-biriga yaqin yoki MgO ortiqroq.
d) foresterli, tarkibi MgO va SiO
2
lardan iborat bo‗lib, ularning molekulyar
nisbati taxminan 1ga teng yoki MgO miqdori ortiqroq.
e) shipinelli MgO·Al
2
O
3
va Cr
2
O
3
dan tashkil topgan.
IV. Xromli
a) tarkibida 30% oralig‗ida Cr
2
O
3
bo‗ladi.
b) xrom-magnezitli-tarkibi 10-30% Sg
2
O
3
va 30-70% MgO dan iborat.
V. Uglerodli
a) grafitli, tarkibini 30-60% ni C tashkil qiladi.
b) koksli, tarkibini 70-90% ni C dan tashkil qiladi.
VI. Sirkoniyli
a) sirkoniyli, ZrO
2
·SiO
2
mineralidan tayyorlanadi.
b) sirkonli ZrO
2
dan tayyorlanadi.
VII. Oksidli
a) berilli oksididan tayyorlangan mahsulot.
b) toriy oksididan tayyorlangan mahsulot.
d) seziy oksididan tayyorlangan mahsulot.
VIII. Karbitli va nitritli
127
a) korborundli, tarkibida 30% dan 90% gacha SiC
4
mavjud.
b) nitriddan, karbid va baritdan tashkil topgan mahsulotlar.
O‗tga chidamli materiallar issiqlikga chidamli xossasiga ko‗ra uchta
guruhga
ajratiladi.
1. O‗tga chidamli - 158°C dan 177°C gacha,
2. Yuqori haroratga chidamli 177°C dan 200°C gacha,
3. O‗ta yuqori haroratga chidamli 200°C dan yuqori.
O‗tga chidamli mahsulotlar termik ishlov berilishiga asosan 3 guruhga
bo‗linadi:
1. Kuydirilmaydigan;
2. Kuydiriladigan;
3. Erish haroratiga qadar qizdirib termik ishlov beriladigan.
Metallurgik pechlar qurilishida asosan tabiiy xomashyolardan maxsus
tayyorlangan o‗tga chidamli materiallar ishlatiladi. Ularni tayyorlashda tabiiy o‗tga
chidamli materiallar qum,
kvarsli qum SiO
2
, slanes temir xromati FeO∙Cr
2
O
3
,
asbest 3MgO·4SiO
2
·H
2
O kaolin A1
2
O
3
·3SiO
2
·2H
2
O va boshqa minerallardan
foydalaniladi. Shuningdek bu materiallarga qayta ishlov bermagan holda ham
pechlar kurilishida ishlatish mumkin. Masalan,
asbest va slanes - issiqlik
o‗tkazmaydigan materiallar sifatida qoplamalar orasini to‗ldirishda, kvarsli qum,
kaolin va sement qorishmasidan pechlar g‗ishtlarini terishda, choklarini suvashda
va mahsulot chiqadigan tuynuklarni yopishda foydalaniladi.
O‗tga chidamli materiallarni tanlash, ulardan
mahsulot tayyorlash va
ishlatish mutaxassisdan yuqori bilim va mahorat talab qiladi, chunki yo‗l qo‗yilgan
xatolar qurilgan metallurgik pechlarning mustahkamligini pasaytiribgina qolmay,
hatto baxtsiz hodisalarga olib keladi. Shu sababli issiqlikka chidamli mahsulotlar
tayyorlash qat‘iy texnologik talablar
asosida olib borilishi shart, bularga:
1.
Xomashyoni
tayyorlash.
Tabiiy
xomashyoni
saralash,
unsur
elementlardan tozalash maqsadida uni boyitish, kuydirish orqali uning tarkibidagi
karbonatlarni, gidratlarni, organik birikmalarni parchalash
va mustahkam birikma
olish, uni maydalash, yanchish va yirikligi bo‗yicha saralashdan iborat.
128
2. Dastlabki aralashma - shixta tayyorlash, bu jarayonda tayyorlanayotgan
mahsulot tarkibini tashkil etuvchi
moddalar aniq miqdorda solinib, yaxshi
aralashtiriladi, so‗ngra ma‘lum miqdorda suv bilan namlanadi.
4. Mahsulotni quritish, ya‘ni uning mikroskopik namligini ma‘lum haroratda
parchalashdan iboratdir.
5. Mahsulotni kuydirish. Bu jarayon g‗isht pishirish pechlarida yoki
to‗g‗ridan - to‗g‗ri metallurgik pechlarning o‗zida amalga oshiriladi.
6. Tayyor mahsulotning texnik nazorati - bu korxonaning maxsus bo‗limiga
yuklatilgan bo‗lib, tayyorlangan issiqlikka chidamli mahsulotlarni sifatini tekshirib
va saralab maxsus konteynerlarga joylanadi yoki ehtiyot choralarini inobatga olgan
holda iste‘molchiga jo‗natiladi.