Etalonlarning solishtirilishi -




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Etalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini ishtirokchi-davlat 
solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni 
belgilovchi amallar majmuidir.
Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini qayta tiklash
saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak.
Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi 
to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va 
regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon – ega (davlat) si qabul qiladi.
Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha 
ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi.
Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak.
Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon 
bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi. 
Solishtirish etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Etalonlarni 
solishtirilishi 
aylanma, 
radial 
yoki 
kombinasiyalangan 
bo‘lishi 
mumkin. 
Solishtirish tusini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi) ning 
barqarorligiga qarab o‘tkaziladi.
Solishtirish ishtirokchi - davlatlar soniga qarab solishtirish ikki tomonlama va ko‘p 
tomonlama solishtirishga bo‘linadi.
Ko‘p tomonlama solishtirishning eng tarqalgan turi xalqaro va regional solishtirishlardir.
Etalonlarni xalqaro solishtirilishi konsultativ komitet (KK) rahbarligi ostida O‘lchovlar va 
tarozilar xalqaro kamitetining (O‘TXK) va regional metrologik tashkilotlarning ruhsati va nazorati 
ostida 
o‘tkaziladi. 
Ular 
solishtiriluvchi 
etalonlarning 
ekvivalentligini 
tan 
olinishini 
va 
o‘lchashlarning 
hamda 
solishtirish 
ishtirokchilarining 
sertifikasion 
sinovlarining 
to‘g‘riligini 
yuridik asosini tashkil etadi.

Download 3,8 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish