198
– Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMS ITI)
Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga;
–
sinash
va
sertifikatlashtirish
hududiy
markazlarining
(SSM)
ning
metrologik
laboratoriyalari;
– standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
– Axborot-ma‘lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini rivojlantirish va
mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini yaratish, saqlash va qo‘llanish
bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan bo‘lib, o‘lchashlar
birliligini
ta‘minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, meyoriy asoslarini yaratadi,
metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga yuklatilgan, moddalar
va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik
rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va qo‘llanish tartibi bo‘yicha
faoliyatlarini
muvofiqlashtiradi,
mamlakatimizda
chiqariladigan
davlat
standart
namunalarini
ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning metrologik
laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi,
davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni
O‘z DSt 8.002:2002 ―O‘z O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar‖ bo‘yicha
o‘tkazadi.
Axborot-ma‘lumotnoma markazimeyoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi va O‘z O‘BTT
qatnashchilarini axborotlar bilan ta‘minlaydi.