Metrologik ta‘minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir: 9. Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
10.Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan
ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish,
o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik
attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta‘mirlashda va ishlatishda majburiy davlat
qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart
namunalarni yaratish, standart ma‘lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
11.Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston
Respublikasi metrologiya xizmati;
12.Meyoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va
tarmoqlarning meyoriy hujjatlari.
Nazorat savollar: 1. Yuridik shaxslarning metrologik xizmati?
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati haqida qisqa sharh?
3. Metrologik xizmat?
O‘lchash vositalarining xatoliklarini korrektsiyalash usullarini o‘rganish. Amaliy ishi kunduzgi shakildagi talabalar uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ―Metrologiya va
standartlashtirish‖ va ―Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish‖ fanlarining Amaliy
mashg‘ulotlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu qo‗llanma dasturiy ta‘minot ko‗rinishida bajarilgan bo‗lib, EHM asosida real o‗lchash
kompleksi bilan ishlashga asoslangan, uning yordamida elektr signallarning parametrlarini baholash
uchun o‗lchash o‘lchash vositasilarini qurishda matematik modellashtirish amalga oshiriladi.
Qo‗llanma zaruriy nazariy ma‘lumotlarga, qiyoslash ishlarini va elektron voltmetrni unga aniqlik
klassini berish bilan metrologik shahodatlash uchun amaliy tadqiqotlar dasturiga ega. Xatoliklarni
tuzatish usullarini o‗rganish uchun test o‗zgartirishlarini amalga oshirishda kompyuter dasturi
matematik ta‘minotga ega bo‗lib, uning yordamida muntazam va instrumental tashkil etuvchilarni
200
hamda nisbatan sekin o‗zgaradigan omillarni tashkil etuvchi xatoliklarni bartaraf qilish uchun
o‗lchash natajalariga ishlov berish mumkin.