196
timsoli (6.2rasm) birlik o‘lchamini ikkilamchi nusxa-etalonga uzatish uchun xalqaro darajadagi
spesifik qoidalarga qattiq rioya qilingan holda 25 yilda bir marta ishlatiladi.
Zamonaviy vaqt va chastota etalonlarining aniqligi nihoyatda yuqori bo‘lishiga qaramay,
(birlikni qayta tiklash nisbiy xatoligi 10
-13
atrofida) bunday etalonlarning xalqaro solishtirilishi
doimo maxsus yo‘ldosh aloqa kanallaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bu butun dunyo vaqt
shkalasini yuqori darajadagi aniqlikda saqlash uchun zarur. Mamlakatning etalon bazasi xalq
xo‘jaligini metrologik ta‘minlashning markaziy, eng muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Uning
rivojlanish darajasi mamlakatdagi barcha o‘lchashlar darajasini aniqlaydi, chunki etalonlar
ishonchli va aniq o‘lchash axborotiga va o‘lchashlar natijalarining taqqoslana olishiga erishish
uchun, ya‘ni metrologiyaning muhim amaliy vazifasini – o‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun
ob‘ektiv zamin yaratadi.
Etalon bazadan o‘lchashlarning turli sohalarida ishlatiladigan barcha etalonlar (birlamchi,
maxsus, ikkilamchi) majmui tushuniladi.
Ayni vaqtda MDH etalon bazasi 140 davlat birlamchi va 600 ga yaqin ikkilamchi (asosan -
ishchi) etalonlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida yuqori razryadli namunaviy
o‘lchovlar va asboblar bilan birga o‘lchashlarning barcha turlari va sohalarida 70 ta fizik
kattaliklarning qayta tiklanishini va saqlanishini ta‘minlaydigan 9 ishchi etalonlar joylashgan. Bu
bilan respublika xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida o‘lchashlar birliligini ta‘minlash sharoitlari
yaratildi.
YAngi O‘z DSt 8.012:2005 standartiga ko‘ra xalqaro birliklar tizimi asosiy – metr,
kilogramm, sekund, amper, kelvin, kandela, mol va hosilaviy birliklardan iborat. Standartga
binoan avvalgi qo‘shimcha birliklar – yassi burchak (radian) va fazoviy burchak (steradian) – endi
hosilaviy birliklar qatoriga kirdi. Ular har qanday hosilaviy birliklar va qo‘llashga qo‘yilgan
(ba‘zi) tizimdan tashqari birliklarning qayta tiklanish imkoniyatini ta‘minlaydi.
Umuman MDH etalon bazasi xalq xo‘jaligining eng zarur talablarini qondiradi. YAratilgan davlat
etalonlari o‘zlarining metrologik tavsifnomalari bo‘yicha etakchi chet el mamlakatlari
etalonlaridan qolishmaydi.
Etalon bazaning rivojlanish tendensiyasi – fundamental fizik konstantalar Fundamental
fizik konstantalar (FFK) va barqaror fizik hodisalardan foydalanish asosida ayrim etalonlardan
o‘zaro bog‘liq ―tabiiy‖ etalonlar tizimiga o‘tish muhimdir. Bu asoslangan hollarda birliklar
o‘lchamlarini qayta tiklash va uzatishning markazlashtirilmagan tizimiga o‘tishga imkon beradi.
Etalonlar va shkalalar nazariyasi sohasida vaqt, chastota va uzunlik birliklarining yagona
etalonlarini yaratish bo‘yicha ishlar tugallandi. elektromagnit o‘lchashlar sohasida kvant
hodisalaridan va FFK dan foydalanish asosida o‘zaro bog‘liq etalonlar majmuini yaratish bo‘yicha
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Metrologik ta‘minotning kelgusidagi ravnaqi, uni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish,
o‘lchashlar
natijalarining
aniqligi
va
ishonchliligini
oshirish,
mahsulotni
sinash
va
sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro darajada tan olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil fevralda
―O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalon bazasini shakllantirish va metrologik ta‘minotni
takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Qarori qabul qilindi.