“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

milliy (davlat) etalon deb ataladi.
O‘zbekistonda milliy etalonlarni ishlab chiqish tartibi, attestatlash, tasdiqlash, qayd qilish
saqlash va qo‘llash davlat standartida O‘z DSt 8.014:2002 belgilangan.
―Milliy etalon‖ tushunchasining ta‘rifi, mohiyati jihatdan ―davlat etaloni‖ tushunchasining 
ta‘rifiga mos keladi. ―Milliy etalon‖ ta‘rifi ―Metrologiyadagi asosiy va umumiy atamalar xalqaro 
lug‘ati‖ ga mos keladi va bu ―davlat etaloni‖ va ―milliy etalon‖ atamalarining bir xil tushunchasini 
ifodalashini tasdiqlaydi.


193 
SHu sababli mamlakatimizda ―milliy etalon‖ atamasi alohida davlatlarga qarashli 
etalonlarni xalqaro etalon bilan solishtirishda yoki qator mamlakatlarning etalonlarini yalpi 
solishtirish ishlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Etalonlarning 
texnik 
infrastrukturasi, 
maxsus 
binolar, 
inshootlar, 
uskunalar 
etalon 
komplekslarining ajralmas qismi bo‘lib, ularning tarkibi etalonlarning hujjatlarida beriladi.
Milliy etalonlar davlatning strategik muhim va mutlaqo xususiyatlik ob‘ekti bo‘lib, uni sotish va 
sotib olish mumkin emas.
Milliy etalonlarning muhimligi (qiymatliligi) o‘lchash birliligini ta‘minlashda ularning roli 
bilan hamda ko‘p holda aniq nushalash imkoniyatini yo‘qligi bilan va birlamchi etalonlarni 
yo‘qolgan hollarda qayta tiklash imkoniyatini yo‘qligi bilan aniqlanadi. etalonlarning qiymatliligi 
muntazam metrologik tadqiqot (izlanish) lar va xalqaro solishtirishlar natijasida ularning 
xususiyatlarini o‘rganish va takomillashtirish bilan keskin oshadi.
Milliy etalonlarning ilmiy-texnikaviy darajasi davlatning ilmiy va texnikaviy potensialining 
ko‘rsatkichi hisoblanadi va mamlakatning texnikaviy va iqtisodiy mustaqilligini va uning strategik 
maqsadlarini amalga oshirish, shu bilan bir qatorda milliy xavfsizligini ta‘minlash uchun etarli 
darajada bo‘lishi kerak.
Milliy etalonlar bilan bir qatorda MDH davlatlar doirasida davlatlararo etalonlar ham 
mavjud. Bu etalonlar kelishuv asosida ishtirokchi davlatlar uchun boshlang‘ich etalon sifatida 
belgilangan tartibda tan olingan etalonlardir (bu etalonlar: ―Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlash-tirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish olib borish to‘g‘risida‖ gi bitimga 
asosan).
Davlatlararo etalon ikki va undan ortiq ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha qabul 
qilingan milliy etalonlardan iborat bo‘ladi.
O‘lchashlar birliligini global masshtabda ta‘minlash uchun O‘lchashlar va tarozilar xalqaro 
byurosi (MBMV) da saqlanadigan xalqaro etalonlar qo‘llaniladi.

Download 3,8 Mb.
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish