190
Etalonlarning metrologik tasniflanishi
Etalonlar konstruktiv ishlanishiga va tarkibiga qarab quyidagilarga bo‘linadi. etalon
kompleks, yakka etalon, guruhli etalon, etalon to‘plami.
Etalon kompleks - fizikaviy kattalik birligi o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uni uzatish
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarining va yordamchi qurilmalarining majmuidan tarkib
topgan etalon.
Etalon kompleksiga vaqt etaloni va chastota etaloni misol bo‘ladi. Bu etalonlar seziyli
generatorlardan (vaqt va chastota birliklarini qayta tiklash uchun mo‘ljallangan), vodorodli
generatorlardan (ularning uzluksiz ishlashida vaqt shkalasini saqlash funksiyasini bajaradigan vaqt
va chastota birliklarini saqlash uchun qo‘llaniladigan), kvant-mexanik soatlar guruhidan (vaqt
shkalasini saqlash uchun mo‘ljallangan) iborat bo‘ladi. etalon-kompleks tarkibiga yana chastotani
va yalpi kompleksni funksiyasini ta‘minlaydigan vositalarni ichki va tashqi solishtirish uchun
mo‘ljallangan apparaturalar kiradi.