• 3 Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM)
  •  Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK )




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

     
    2 Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK ) 
    Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‗yicha ishlar 1881 yildan boshlangan
    chunki bu yili elektr bo‗yicha birinchi Xalqaro kongress bo‗lib o‗tgan edi. Keyinroq 1906 yili 
    Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika 
    komissiyasi tuzish to‗g‗risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‗yicha 
    atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‗ullana boshladi.
    MEK nizomiga ko‗ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga 
    qo‗shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
    ISO va MEK faoliyatlari bo‗yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa
    asbobsozlik sohalari bo‗yicha shug‗ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‗yicha 
    standartlashtirish bilan shug‗ullanadi.
    Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‗mitalar MEKning a‘zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda 
    Yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining 
    iste‘molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. 
    MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
    MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy 
    qo‗mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‗lib, u har 3 yil muddatiga 
    saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‗azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. MEK har 
    yili bir marta o‗z kengashiga yig‗iladi va o‗z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
    1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida 
    faoliyat ko‗rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi 
    haqida qaror qabul qilindi.
    3 Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM) 
    Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. 
    Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb 
    ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy 
    muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
    MOZM faoliyatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 

    MOZMga a‘zo bo‗lgan mamlakatlar uchun o‗lchash vositalarining uslubiy meyoriy 
    metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; 


    188 

    qiyoslash 
    uskunalarini, 
    solishtirish 
    usullarini, 
    etalonlarni 
    tekshirish 
    va 
    attestatlashini, 
    namunaviy va ishchi o‗lchash asboblarini uyg‗unlashtirish; 

    xalqaro 
    ko‗lamda 
    birxillashtirilgan 
    o‗lchash 
    birliklarini 
    mamlakatlarda 
    qo‗llanishini 
    ta‘minlash; 

    metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‗yicha 
    davlat ko‗rsatmalarining birliligini ta‘minlash; 

    rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta‘min etish va ularni zarur texnik 
    vositalari bilan ta‘minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; 

    metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini 
    belgilash.
    MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi 
    hisoblanib, u har to‗rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini 
    belgilaydi, ishchi idoralarining ma‘ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. 
    MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir.

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK )

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish