|
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”Bog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaEtalonning o‘zgarmasligi deganda, u orqali qayta tiklangan birlik o‘lchamini
chegaralanmagan vaqt oralig‘i mobaynida o‘zgarmasdan saqlangan xususiyati tushuniladi.
Har xil tashqi ta‘sirlardan (xarorat, bosim, gravitasion va boshqa maydonlar va h.k.) yoki etalonni
ichki tuzilmasidan sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar, kattalikni kerakli aniqlik bilan o‘lchash
uchun aniq funksiyada bo‘lishligini ta‘minlash zarur.
O‘zgarmaslikka
qo‘yiladigan
talab
etalonni
konstruksiyasini
tanlashga,
strukturasiga
(tuzilmasiga),
alohida
elementlarining
materialiga,
tayyorlash
texnologiyasiga,
saqlash
va
ishlatilishiga muayyan shartlarni yuklaydi.
Etalonni o‘zgarmasligini ta‘minlash zarurati o‘z vaqtida birlikni qayta tiklashni tabiiylik prinsipini
qo‘llashga olib keldi yoki o‘lchash birligi sifatida ―o‘zgarmas birliklar‖ ni tanlashga to‘g‘ri keladi.
Bundan ikki yuz yillar avval ―o‘lchovlarning metrik tizimi‖ tuzilib, ta‘sis etilgan. Metrik
tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan
va Metrik Konvensiyasi nomini olgan. Konvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun
ilmiy muassasa sifatida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta‘sis etdi. Metrik tizimning
joriy etilishi bilan kattaliklarning birliklari orasida muayyan qonuniyat asosida o‘zaro bog‘liqlik
borligi aniqlangan. Masalan, uzunlikning ―o‘zgarmas birligi‖ sifatida er meridianining qirq
milliondan bir ulushi tanlangan.
O‘lchovlar va tarozilar XVII bosh konferensiyasining - O‘TBK (1983 y) qarorlariga
muvofiq uzunlik birligi metrni yangi ta‘rifi qabul qilingan (1-jadvalga qaralsin). Bu ta‘rifga,
shuningdek qiymati 8,8418817.10
-12
F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi
0
ham kiradi.
Bunga yaqqol misol qilib, uzunlik birligini yangi ta‘rifini keltirish mumkin, bunda
fundamental fizikaviy doymiylik (fizikaviy konstanta) - vakuumdagi yorug‘lik tezligi ishlatiladi,
va bu ta‘rif bo‘yicha tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati S
0
-
299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan.
|
| |