• Metrologiya va standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar
  • “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet163/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Nazorat savollari 
    1. Metrologik ta‘minot nima? 
    2. Metrologik ta‘minotning tashkil etuvchilari nechta va qaysilar? 
    3. Metrologik ta‘minotning asoslari? 
    4. Metrologik ta‘minotni tashkillashtirish? 
     
     
     
    Metrologiya bo‗yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish. 
    Ishning maqsadi: Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyati haqida tushuncha 
    berish. 
    Metrologiya va standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar 
    Turli 
    xalqaro 
    tashkilotlar 
    standartlashtirish, 
    metrologiya, 
    sertifikatlashtirish 
    sohalarida 
    meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‗or yutuqlarini 
    umumlashtirish va bu sohalar bo‗yicha har xil yordam ko‗rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish 


    186 
    tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro 
    tashkilot, sifat bo‗yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‗yicha Xalqaro 
    konferensiya, G‗arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va 
    metrologiya bo‗yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.
    Ana shu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha 
    ma‘lumot berib o‗tish maqsadga muvofiqdir.
     
    1 Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/ 
    Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing 
    Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‗lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi 
    davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‗mitasi (1918 y), Amerika qo‗mitasi (1918 y) va boshqalar 
    tashkil topdi.
    Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 
    1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‗ldi. ISA 
    ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
    1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro syezd ochildi. Unda 
    texnikaning turli sohalari bo‗yicha 32 ta qo‗mita va kichik qo‗mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan 
    ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‗xtatib qo‗ydi.
    Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-
    1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar 
    Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‗rsatib, rivoj topmoqda.
    ISO ning tuzilishidan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol 
    almashinuvida va o‗zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‗lamida standartlashtirishni 
    rivojlantirishga ko‗maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida 
    hamdo‗stlikni rivojlantirish-dir.
    Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

    dunyo ko‗lamida standartlarni va ular bilan bog‗liq bo‗lgan sohalarda uyg‗unlashtirishni 
    yengillashtirish uchun choralar ko‗rish; 

    xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol 
    tashkiliy va kichik qo‗mitalarining ikkidan uch qismi ma‘qullab ovoz bersa va umumiy ovoz 
    beruvchilarning to‗rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma‘qullanishi mumkin); 

    o‗z qo‗mita a‘zolarining va texnikaviy qo‗mitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini 
    tashkil qilish; 

    sohaviy masalalar bo‗yicha manfaatdor bo‗lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 
    qilish ko‗zda tutiladi.
    ISO rahbar va ishchi qo‗mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga 
    Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, 
    kengashning texnikaviy qo‗mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
    ISO da prezident, vitse-prezident, g‗aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh 
    Assambleya – ISO ning Oliy Rahbari bo‗lib, ISO ning yig‗ilishi uch yilda bir marta bo‗ladi. Uning 
    sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
    Bosh Assambleya o‗tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida 
    xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‗nalishlari muhokama qilinadi.


    187 
    ISO kengashi yiliga bir marta o‗tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy 
    idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a‘zolarini hamda 
    texnikaviy qo‗mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‗riladi.
    Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash-tirish tashkilotining tarkibi 91 
    mamlakatning vakillaridan iborat edi.
    Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim voqealardan biri 
    ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga O‗zbekiston Respublikasi 92- davlat sifatida qabul qilinishi 
    bo‗ldi. 
    Endilikda O‗zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a‘zolaridan biri hisoblanadi.
    Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta‘minlash bo‗yicha oxirgi vaqtda qilingan 
    ishlarni mujassamlab, ISO o‗zining bir qator meyoriy hujjatlarini ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO 
    9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko‗rsatish mumkin. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish