192
Taqqoslash etaloniga turli mamlakatlarda elektr kuchlanishi birligi etalonlarining bir-biri bilan
o‘zaro solishtirish uchun ishlatiladigan o‘zgarmas tokdagi elektr kuchlanishining yuqori stabilli
elektron o‘lchovi misol bo‘la oladi.
Guvoh etalon - davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish va buzilgan
yoki yo‘qolgan xollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Hozir, Xalqaro birliklar tizimining asosiy birliklarini etalonlaridan faqat massa birligining etaloni -
kilogrammning guvoh etaloni bor.
Ishchi etalon - birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun
mo‘ljallangan etalon.
Ishchi etalon birligining o‘lchami ikkilamchi nusxa etalon bo‘yicha yoki ba‘zi hollarda,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi etalon bo‘yicha qo‘yiladi.
Etalonlarning tarkibiga na faqat kattalik birligini qayta tiklaydigan va saqlashni amalga
oshiradigan eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari etalonlar kiritiladi, balki birlik o‘lchamini
etalondan boshqa o‘lchash vositalariga uzatish, o‘lchash sharoitini nazorat qilish va etalonda
saqlanadigan kattalik birligi o‘lchamini o‘zgarmasligini kuzatish uchun zarur bo‘lgan boshqa
o‘lchash vositalari ham kiritiladi.
Zarur bo‘lganda, etalonlar tarkibiga ularning ishini ta‘minlaydigan boshqa texnikaviy
vositalar
(masalan,
informasionhisoblash
komplekslari, maxsus platformalar, inshootlar va
boshqalar) kiritiladi.
Ishchi etalonlar zarur bo‘lganda, namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) uchun qabul
qilinganidek, 1,2,...n - razryadlarga ajratiladi. Bu xolda birlikning o‘lchami razryadlari bo‘yicha
bir-biriga tobe ishchi etalonlar tizimi orqali uzatiladi va birlikning o‘lchami bu tizimdagi oxirgi
ishchi etalondan ishchi o‘lchash vositasiga uzatiladi.
YUqorida yozilganidek, etalonlarning o‘zaro metrologik tobeligi ko‘rsatilgan sxema ko‘rinishida
berilishi mumkin.
Etalonlarning metrologik tavsiflari GOST 8.381-80 muvofiq ifodalanadi. Odatda etalonlar
uchun o‘lchash natijalarini o‘rtacha kvadratik og‘ishi bo‘yicha ifodalangan birlikni qayta
tiklashdagi tasodifiy xatoligini baxolanishi va yo‘qotilmagan muntazam xatoligini baxolanishi
ko‘rsatiladi.
Hozirda etalonlar uchun o‘lchash noaniqligini o‘rnatish, belgilash (aniqlash) majburiy talab bo‘lib
qoldi.
Etalonlarni qonuniy tasniflanishi
Mazkur hudud yoki tashkilotdagi etalonlardan eng yuqori metrologik xossalarga ega
bo‘lgan, birlikning o‘lchamini o‘ziga tobe o‘lchash vositalariga beruvchi va belgilangan tartibda
rasmiy tasdiqlangan etalon
boshlang‘ich etalon deyiladi.
Qiyoslash sxemasida boshlang‘ich etalondan keyin turadigan etalonlar, odatda
tobe etalonlar deb
ham ataladi.
Davlat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon