“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat savollar: 
1. Qiyoslashning asosiy vositalari? 
2. MD – 83 turdagi analizatorning metrologik va texnik xarakteristikalari? 
3. Namlik analizatorini qiyoslash metodikasi? 
MAVZU:
O‘lchash vositalarining kalibrlanishiga doir talablarni o‘rganish. 
Ishning maqsadi: Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo‗llaniladigan 
o‗lchov vositalari ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi. 
O‗lchov 
vositalarini 
birlamchi 
kalibrlashga 
ishlab 
chiqarishda 
va 
ta‘mirlashda 
turi 
tasdiqlanmaydigan o‗lchov vositalari tortiladi. O‗lchov vositalari kalibrlash yuridik shaxslar 
metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi. 


228 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlangan 
bo‗lishi kerak. 
Akkreditlash O‗zstandartning hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimini tashkillashtirish, tuzilishi, 
vazifalari bo‗yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan sub‘ektlarning huquqlari va majburiyatlari 
O‘z DSt 8.029-2010 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash 
vositalarini 
kalibrlash 
tizimida 
akkreditlangan 
yuridik 
shaxslarning 
metrologik 
xizmatlariga, 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimiga kirgan akkreditlash va boshqa 
idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi. 
O‗lchov 
vositalarini 
kalibrlash – O‗lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari 
(xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan 
amallar majmui. 
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‗llanilmaydigan sohada o‗lchashlar 
birliligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash 
ishlarini tashkillashtirish va o‗tkazishga o‗rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub‘ektlar 
majmui. 
Kalibrlash to‗g‗risidagi sertifikat – O‗lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini 
tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi. 
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‗lchash 
vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg‗a. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimi O‗zbekiston Respublikasida 
o‗lchashlar birliligini ta‘minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo‗lib, davlat metrologik 
tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‗tkazishda 
o‗lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimida o‗rnatilgan me‘yorlar va qoidalarga rioya 
qilinishini ko‗zda tutadi. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimi quyidagi tamoyillarga asoslangan 
holda tuziladi: 
– tizimga ixtiyoriy ravishda kirish; 
– kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish; 
– davlat etalonlaridan va boshlang‗ich o‗lchash vositalaridan birliklarning o‗lchamlarini 
kalibrlanuvchi o‗lchash vositalariga majburiy berish. 
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari: 
– akkreditlovchi idoralarni ro‗yxatga olish; 
– metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash; 
– o‗lchash vositalarini kalibrlash; 
– O‗z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‗rnatish; 
– O‗z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilanta‘minlash; 
– akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya 
qilinayotganligini inspeksiontekshirish. 
Metrologiya bo‗yicha Milliy idora (O‗zstandart Agentligi), Standartlashtirish, Metrologiya va 
Sertifikatlashtirish ilmiy – tadqiqot instituti (SMS ITI), hududiy SSM, yuridik shaxslarning 
akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‗z vazifalarini ushbu hujjatning talablariga muvofiq 
bajaruvchi O‗z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi. 
O‗z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan: 
– O‗z KT ning Markaziy idorasi; 


229 
– O‗z KT ning Kengashi; 
– O‗z KT ning akkreditlash idoralari; 
– kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari. 
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari: 
– o‗lchov vositalarini, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi; 
– kalibrlash ishlarini o‗tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va 
yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‗lishini ta‘minlaydi; 
– kalibrlash ishlarini o‗tkazish uchun zarur texnik, metodik va normativ hujjatlar jamg‗armasini 
shakllantiradi va rivojlantiradi; 
– normativ hujjatlarning o‗lchashlar birliligini ta‘minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi 
talablarining bajarilishini ta‘minlaydi; 
– kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi; 
– kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqadi. 
Metrologik xizmat quyidagilarga mas‘ul bo‗ladi: 
– korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‗lgan o‗lchov vositalarining holatiga; 
– bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga; 
– korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga; 
– kalibrlash intervallarining to‗g‗ri o‗rnatilganligiga. 
O‗zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‗z belgisiga ega. Bu belgining shakli va 
o‗lchamlarini mstrologiya bo‗yicha milliy idora tasdiqlaydi. O‗z KT ning belgisi blanklarga, 
shtamplarga, shuningdek O‗z KT ning boshqa hujjatlari va ob‘ektlariga tamg‗alab bosiladi. O‗z KT 
ning belgisini tamg‗alash (qo‗llanish) joyi va tartibini O‗z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish