|
O‗lchash vositalarini kalibrlashning qonuniy asoslari va qiyoslashdan farqining tahliliBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaO‗lchash vositalarini kalibrlashning qonuniy asoslari va qiyoslashdan farqining tahlili
O‗zbekiston Respublikasining ―Metrologiya to‗g‗risida‖gi qonunida o‗lchash vositalarini
kalibrlashga oid quyidagi tushunchalar keltirilgan. Xususan, qonunning 1 – moddasida kalibrlashga
quyidagicha tushuncha berilgan:
―o‗lchov vositalarini kalibrlash‖ – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‗lchov
birliklarining qo‗llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi
(markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;
Qonunnning 17
1
– moddasida o‗lchash vositalarini kalibrlanishini o‗tkazilishi bo‗yicha
ma‘lumotlar keltirilgan:
- Ushbu Qonunning 14 – moddasida ko‗rsatib o‗tilganidan bo‗lak sohalarda qo‗llaniladigan
va majburiy tekshiruvdan o‗tkazilmaydigan o‗lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya
qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta‘minlashda va O‗zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda
kalibrlashdan o‗tkazilishi mumkin.
- O‗lchov
vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan
metrologiya
xizmatlariga,
akkreditatsiya
qilingan
kalibrlash
laboratoriyalariga
(markazlariga)
berilishi mumkin.
- Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini)
o‗lchov vositalarini kalibrlash bo‗yicha ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va
kalibrlashni o‗tkazish tartibi «O‗zstandart agentligi‖ agentligi tomonidan belgilanadi.
- O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‗tkazilgan o‗lchov vositalarini kalibrlash
natijalarini O‗zbekiston Respublikasida e‘tirof etish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda, O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga
olingan holda amalga oshiriladi.
|
| |