231
miqdoriy aniqlash, suyuqliklardagi spirtning miqdorini o‗lchash, konditer mahsulotlari va har xil
noalkagol ichimliklar tarkibidagi asosiy mahsulotni texnologik protsesslar jarayonida nazorat
qilishda refraktometriyadan keng foydalaniladi.
Refraktometrlar yordamida nur sindirish ko‗rsatkichi aniqlanadi. Moddaning tozaligi uning
aniqlangan sindirish ko‗rsatkichini jadvaldan olingan toza moddaning konstantasi bilan taqqoslab
ko‗riladi. Agar moddaning nur sindirish ko‗rsatkichi kerakli qiymatdan ko‗pi bilan 0,001 ga farq
qilsa, bunday modda toza hisoblanadi.
Nur sindirish ko‗rsatkichi temperaturaga bog‗liq, shuning uchun refraktometriya o‗lchashlarni 20 S
da bajarish qabul qilingan. O‗lchash vaqtida temperaturalar orasida farq bo‗lsa, u holda maxsus
jadvaldan temperaturalar farqining qiymati ham hisobga olinadi. Bosim ortishi bilan nur sindirish
ko‗rsatkichi ham ortadi.
Nur sindirish ko‗rsatkichini aniqlash usuli ikki xil muhit chegarasidan monoxramatik nur o‗tganda
nurning burilish (sinish) prinsipiga asoslangan. Nurning to‗liq ichki qaytish burchagining qiymati
refraktometr shkalasidan olinadi. Laboratoriyalarda foydalaniladigan ko‗pchilik refraktometrlarning
oddiy umumiy tuzilishi bilan tanishaylik. Ko‗pchilik refraktometrlarda tushirilayotgan suyuqlik
ikkita prizma orasida joylashtiriladi. Prizmadan o‗tayotgan nur sinadi yoki u muhit chegarasi
orasidan aks etishi natijasida, yaqqol yorug‗ va qorong‗u chegara hosil bo‗ladi. Shkaladagi bu
chegaraning o‗rni tekshirilayotgan moddaning to‗liq ichki qaytish burchagiga bog‗liq.
Yorug‗lik manbai sifatida natriydan ajralib chiqadigan monoxromatik nur yoki oddiy yorug‗lik
nuridan foydalaniladi va maxsus oyna bilan yorug‗lik tushudigan holatga keltirilib, so‗ngra
yorug‗lik prizmaga yo‗naltiriladi. Ma‘lumki, yorug‗lik har xil to‗lqin uzunlikdagi nurlardan tarkib
topgan. Yorug‗lik prizmalardan o‗tayotganda dispersiya hodisasiga uchraydi. Natijada ikki chegara
orasida (yorug‗ qism bilan qorong‗u qism chegarasida) kamalak chiziqchalar hosil bo‗ladi. Bu
refraktometr
shkalasidan
hisob
olishni
qiyinlashtiradi.
Hozirgi
vaqtda
chiqarilayotgan
refraktometrlarda yorug‗lik dispersiyasini yo‗qotish uchun kompensatorlar qo‗yilgan. Kompensator
dastasini burash bilan yaqqol yorug‗ va qorong‗i chegara hosil qilinadi. Refraktometr
ko‗rsatkichining to‗g‗ri ishlayotganligini tekshirish uchun normal suyuqliklardan yoki distillangan
suvdan foydalaniladi. Distillangan suvning 20 S dagi nur sindirish ko‗rsatkigi 1,333 ga teng.
Qayta ishlash korxonalarining laboratoriyalarida ko‗pincha, IRF – 22 markali (3.1-rasm) va RPL –
IRF – 22 markali refraktometrda nur sindirish ko‗rsatkichi 1,3 – 1,7 oraliqda bo‗lgan
moddalar o‗lchanadi. Bu refraktometrlardan suyuq va qattiq holatdagi sanoat va oziq – ovqat
mahsulotlarining eritmalarini analiz qilishda foydalaniladi. RPL – 3 markali refraktometrlar
suyuqliklarni hamda konditer mahsulotlardagi, konservalardagi, kraxmaldagi quruq moddalarning
miqdorini saxaroza miqdoriga taqqoslab nur sindirish ko‗rsatkichini aniqlashga mo‗ljallangan.