248
3. TQ o‗z ishida:
O‗zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga;
O‗zbekiston Respublikasi a‘zo bo‗lgan standartlashtirish bo‗yicha xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlarning hujjatlariga;
O‗zbekiston Respublikasi qo‗shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va
bitimlarga;
O‗zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi
o‗rinlarda
Agentlik
deb
ataladi)
tomonidan
ushbu
Nizomga
1-ilovaga
muvofiq
shaklda
tasdiqlanadigan standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mita to‗g‗risidagi namunaviy nizomga amal
qiladi.
4. TQ faoliyatiga
umumiy rahbarlikni Agentlik, uning faoliyatini monitoring qilish va
muvofiqlashtirish,
axborot-texnik
jihatdan
qo‗llab-quvvatlash
va
kuzatib
borish
—
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti
tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‗rinlarda Institut deb ataladi).