Nazorat savollar:
1. Standartning alohida talablari qanday?
2. Iso 22000 qisqa sharh?
3. Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi?
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga doir xuquqiy-normativ xujjatlarni
o‗rganish.
Ishning maqsadi: O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi № PF-
5303 – sonli farmoni ―Mamlakatning oziq – ovqat xavfsizligini yanada ta‘minlash chora – tadbirlari
to‗g‗risida‖ deb nomlangan bo‗lib, quyidagilarni o‗z ichiga olgan.
Bugungi
kunda
mamlakatda
eksport-import
operatsiyalarini
tartibga
solish
va
soddalashtirish, talab yuqori bo‗lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‗siq va cheklovlarni
bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat sub‘ektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish bo‗yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, nosog‗lom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlar tomonidan monopollashtirilishi, sun‘iy taqchillikni yuzaga keltirish va ba‘zi
tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, oqibatda, bu asosda qo‗shimcha foyda olish uchun
shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega bo‗lishiga ular uchun individual
imtiyoz va preferensiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar
yaratilganligi ko‗maklashgan, bu esa boshqa tadbirkorlik sub‘ektlarining bozorga kirish
imkoniyatini cheklashga olib kelmoqda.
Mazkur
sohada
yuzaga
kelgan
vaziyat
ishchanlik faolligini va O‗zbekistonning
investitsiyaviy jozibadorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakatning obro‗siga jiddiy ziyon
yetkazadi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta‘minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon
oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi
iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog‗lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur
sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida:
260
- 2018 yil 1 fevraldan boshlab O‗zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import
qilish bo‗yicha ayrim xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va
boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinishi;
- O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
respublikaga
oziq-ovqat
tovarlarini olib kirish bo‗yicha ayrim xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga individual bojxona, soliq va
boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarning
qabul qilinishi taqiqlanishi;
- Belgilansinki, ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda
belgilangan jinoiy javobgarlikkacha bo‗lgan javobgarlikka tortilishi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar
bo‗yicha davlat qo‗mitasi, "O‗zstandart" agentligi, Davlat bojxona qo‗mitasi, Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligi,
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi
Loyiha
boshqaruvi
milliy agentligi, "O‗zbekoziqovqatxolding" XK, O‗zbekiston
Respublika tovar-xom ashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Savdo-sanoat palatasi
hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
2018 yilga oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilarni izlab topish va jalb qilish, ular uchun
bozorga kirishda teng sharoitlar yaratish, ularga shartnomalar tuzish, kiritilgan mahsulotlarni
tashish va saqlashda ko‗maklashish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, aholining
sifatli, arzon oziq-ovqat tovarlariga bo‗lgan talabini to‗liq qanoatlantirishga qaratilgan boshqa
chora-tadbirlarni ishlab chiqishni;
respublikaning
barcha
hududlarida
davlat-xususiy sheriklik shartlarida ixtisoslashtirilgan
omborxona imoratlari, omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va
qadoqlash bo‗yicha zamonaviy yuqori texnologik, energiya samarador uskunalarni tashkil etishni
ta‘minlasin.
2018 yil 1 fevraldan boshlab:
- iste‘mol tovarlarini respublika tovar-xom ashyo birjalarida sotish (sotib olish)ga taqiq bekor
qilinishi;
- shakar ishlab chiqaruvchilar 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import xom ashyosi
asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lashdan ozod qilinishi;
- iste‘mol tovarlarini tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib
olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmasligi;
- ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3500 baravaridan kam bo‗lmagan
miqdorda, shundan pul mablag‗lari eng kam ish haqining 1200 baravaridan kam bo‗lmagan
miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab bekor qilinishi;
- ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turlarini Ichki iste‘mol bozorida narx-
navoni
barqarorlashtirishga
ko‗maklashish jamg‗armasi (keyingi o‗rinlarda Jamg‗arma deb
yuritiladi) mablag‗lari hisobidan import qilish istisno hollarda va faqat tovar-xom ashyo birjalari,
jumladan xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali amalga oshirilishi;
- oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, Jamg‗arma mablag‗lari tushumi va
xarajatlari to‗g‗risidagi batafsil axborot har oy O‗zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portalida e‘lon qilib borilishi;
- birja brokerlari tijorat banklariga mijoz - norezident nomidan tovar-xom ashyo birjasining
ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‗lar hisobidan xorijiy valyutani
sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident - yuridik shaxslar esa O‗zbekiston Respublikasi
261
tijorat banklarida hisobraqamlari ochish va tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida
mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‗lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga
oshirish huquqiga ega bo‗lishi;
- jamg‗arma mablag‗lari hisobidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotib
olish tartibini chayqovchilik va boshqa suiiste‘molchilik hollariga imkon bermaydigan choralarni
nazarda tutgan holda belgilash to‗g‗risidagi hukumat qarori loyihasining tayyorlanishi;
- bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗ldirish, agrar kompleksni
rivojlantirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning ta‘sirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-
ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni o‗z vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini
qulay
bojxona-tarif
tartibga solish bo‗yicha choralarni belgilovchi "Oziq-ovqat xavfsizligi
to‗g‗risida"gi
qonun
loyihasining
ishlab
chiqilishi
va
Vazirlar
Mahkamasiga
kiritilishini
ta‘minlanishi;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot
tizimlarini yaratish va qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha yagona integrator O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan
birgalikda
2018
yil
1
martga
qadar
muddatda
tovar-xom
ashyo birjalari tomonidan
foydalanilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni axborotdan erkin foydalanish va
uning ochiqligi, jumladan ma‘lumotlarni chet tillarda (rus, ingliz tillari) joylashtirish, amalga
oshirilayotgan operatsiyalarning shaffofligini, shuningdek, o‗tkaziladigan elektron savdolarga
aralashish va ularning natijalarini buzib ko‗rsatish imkoniyatini istisno etishni nazarda tutgan holda
tubdan takomillashtirishni ta‘minlanishi;
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oziq-
ovqat tovarlariga bojxona to‗lovlari stavkalari, bojxona tartib-taomillari va respublika bojxona
chegarasi orqali tovarlarni tashish tizimining tanqidiy o‗rganilishini hamda bojxona to‗lovlari
stavkalarini optimallashtirish, ortiqcha to‗siq va g‗ovlarni bartaraf etish, jumladan tartib-taomillarni
"yagona darcha" tamoyili asosida rasmiylashtirishga o‗tish orqali tovarlarning bojxona
rasmiylashtiruvi
tartib-taomillarini
maksimal
soddalashtirish va eksport-import operatsiyalarini
amalga oshirish xarajatlarini qisqartirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqilishini ta‘minlanishi;
- O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasi bilan birgalikda ikki oy
muddatda chakana savdo va xizmatlar ko‗rsatishni tartibga soluvchi qonunchilikni ortiqcha to‗siq
va g‗ovlar, davlat tomonidan tartibga solishning asossiz choralarini bartaraf etish nuqtai nazaridan
tanqidiy tahlil qilsin, shuningdek, natijalari bo‗yicha mazkur sohani tubdan takomillashtirish
bo‗yicha takliflar kiritilishi;
- oziq-ovqat tovarlari narxini pasaytirish va barqarorlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishdagi sansalorlik va byurokratiyani bartaraf etish, shuningdek, respublikada ishchanlik
muhitini yaxshilash bo‗yicha asoslantirilgan takliflar kiritish maqsadida tadbirkorlik sub‘ektlari,
jumladan ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlarini eksport va import qiluvchilar, chet ellik
investorlar va xorijiy hamkorlar bilan doimiy asosda muntazam ochiq va to‗g‗ridan-to‗g‗ri
muloqotlarni tashkil etilishi;
- O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi Davlat bojxona qo‗mitasi, Davlat soliq qo‗mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan
birgalikda ikki hafta muddatda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va
jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga Davlat bojxona qo‗mitasi,
262
Davlat soliq qo‗mitasi va boshqa idoralarning axborot ma‘lumotlar bazalaridan masofadan turib
foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
- O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari
bojxona
tartib-taomillarini
amalga
oshirishda
sun‘iy
to‗siqlar
yaratish,
sansalorlik
va
suiiste‘molchilik
holatlariga
yo‗l
qo‗yganlik
uchun
shaxsiy
javobgarligi
haqida
qat‘iy
ogohlantirilishi;
- 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona to‗lovlari to‗lashdan ozod qilinadigan
(bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‗imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom
ashyolarning ayrim turlari ro‗yxati ilovaga muvofiq tasdiqlanishi farmonda keltirilgan.
|