259
ISO 22000:2005 – bu standartlar oilasining dastlabkisi bo‗lib, u o‗z ichiga quyidagi
hujjatlarni qamrab oladi:
- ISO/TS 22004:2005 ―Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi - ISO 22000:2005 ni qo‗llash
bo‗yicha qo‗llanma‖. U 2005 yil noyabrda nashr etilgan.
- ISO/TS 22003:2007 ―Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi. Oziq – ovqat xavfsizligi tizimini
sertifikatlashtiruvchi va audit o‗tkazuvchi idoralar uchun talablar‖. U sertifikatlashtirish idorasini
akkreditlashtirish bo‗yicha uyg‗unlashtirilgan qo‗llanma bo‗lib, oziq – ovqat xavfsizligi tizimi
auditi bo‗yicha qoidalarni aniqlaydi. Ushbu standart 2006 yilning birinchi kvartalida nashr etilgan.