“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat savollar: 
1. 
ISO 9000 oilasidagi standartlar uchta modelini ayting? 
2. 
Menejment tizimi nima? 
3. 
ISO sertifikati nima? 
 
Oziq-ovqat 
mahsulotlari 
xavfsizligi 
menejment 
tizimlarining 
normativ 
asoslarini 
o‗rganish
Ishning maqsadi: Butun jahon iqtisodiyoti va bozor islohatlari sharoitlarida O‗zbekiston 
iqtisodiyotining integrallashuvi korxonalar uchun ishlab chiqarishni barqarorligiga intilishi, sifat, 
narx, yetkazish muddatlariga rioya qilish va boshqa mezonlar bo‗yicha masalalarda raqobatchilar 
oldida bunday imkoniyatlarni ta‘minlovchi menejment tizimi zarurdir. Bunda bozorda talablar 
o‗zgaruvchanligi yuzaga keladi, negaki, menejment tizimidagi moslashuvchanlik va uning bunday 
o‗zgaruvchanliklarga xususiy moslashuvchanligi mavjuddir. 
Demak, bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq sifat tizimini ishlab chiqish va joriy 
etish hamda boshqa menejment tizimlari bilan korxonaning boshqaruv tizimini shakllantirish 
masalasi muhim dolzarb masala bo‗lib hisoblanadi. 


257 
Bozorda muayyan mahsulotni aniqlab va uni ishlab chiqarish o‗zlashtirilsa, hamda kerakli 
o‗rnini topsa, fermer xo‗jaligi va korxona muvaffaqiyat qozonadi. Bunda fermer xo‗jaligi eksportga 
mo‗ljallangan xususiyatni kafolatlashi uchun, ayni vaqtda texnologik jarayonlarni nazorati va 
mukammal ma‘muriy boshqaruvini o‗zigina yetishmasligini aytib o‗tish lozim. 
Korxona bu dolzarb masalalarni hal etishi uchun yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishi va 
yuqori darajadagi boshqaruv tizimini shakllantirishini namoyish etishi darkor. Bunga esa xalqaro 
standartlarga muvofiq menejment tizimini shakllantirish bilan erishish mumkin. Standartlarni 
tanlash tarmoq xususiyati va turli mahsulotlarga qiziquvchilarni to‗liq qanoatlantirishini hisobga 
olib amalga oshirilishi kutilgan samaradorlikka erishishni ta‘minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalari 
uchun bunday talablar mahsulot sifati va uning qonuniy, rasmiy namoyon etilishi bilan belgilanadi. 
Mahsulot sifati – ixtiyoriy korxonani raqobatbardoshligini aniqlovchi ko‗rsatkich bo‗lib, qonunan 
va rasmiy namoyon etilishi – sanoat korxonalarining qonuniy faoliyat yuritishini aks ettiruvchi 
omildir. Unga butun jahon hamjamiyati uchun nisbatan qonunchilikka rioya etilmasligi bo‗yicha 
bojxona va soliq xarajatlari davlat zimmasiga yuklatilgan, biroq ekotizim, xavfsizlik tizimi barcha 
qiziquvchi tomonlarning diqqat e‘tiborida bo‗lishi bilan ajralib turadi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida talab qilingan darajada mahsulot sifati va 
qonuniy rasman nomoyon etishiga javob beruvchi xalqaro standartlarni joriy etish dolzarb 
masalalardan bo‗lib hisoblanadi. 
ISO 22000:2018 xalqaro standarti, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi menejment tizimi 
hisoblanib, oziq-ovqatlar xavfsizligi sifat tizimini joriy qilish uchun xalqaro standart hisoblanadi. 
ISO 22000:2018 xalqaro standartni oziq-ovqat korxonalarida joriy qilishning quyidagi afzalliklari 
mavjud. 

Korxonada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat maxsulotlarini chetga eksport qilish;

Korxona maxsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirish; 

Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat maxsulot ishlab chiqarilishi va b.; 
Quyida ISO 22000:2018 standartini oziq-ovqat korxonalariga joriy qilish tartibini tahlil 
qilamiz. 
- Oziq – ovqat ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standart joriy qilinishi uchun korxona 
avvalo, ISO 22000:2018 talablari asosida tayyorgarlik olib boradi. Xalqaro standart o‗z ichiga 
quyidagi elementlarni qamrab olgan. 

Iste‘molchilar bilan interaktiv axborot almashinuvi; 

Menejment tizimi;

Standart sharoitlari uchun reja-dasturlar ishlab chiqish;

Ishlab chiqarish jarayonining kritik nazorat nuqtalari uchun tamoyillarni tahlil qilish; 
Ushbu xalqaro standart joriy qilinishi jarayonidagi axborot almashinuvi kriteriysiga asosan 
ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi bilan muntazam aloqa o‗rnatadi. Axborot orqali aniqlangan xavf 
va uning nazorati iste‘molchi va ishlab chiqaruvchi talablariga aniqlik kiritadi. 
Xalqaro standart joriy qilinadigan barcha oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining ichki 
va tashqi resurslaridan kelib chiqilgan holda quyidagi talablarni belgilaydi. 
a) iste‘molchilar uchun oziq-ovqat maxsulotlarini xavfsizligini ta‘minlash. 
v) oziq-ovqat maxsulotlarining xavfsizlik me‘yoriy xujjatlarga muvofiqligini bildirish. 
s) iste‘molchilar talablarini qondirish maqsadida oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini 
iste‘molchilar talablari tomonidan baxolash. 


258 
d) korxonani sertifikatlash yoki oziq-ovqat xavfsizligi to‗g‗risidagi menejment tizimini 
baxolash uchun tashqi korxonaga ariza berish yoki o‗z-o‗zini baholash yoki ushbu standart uchun 
muvofiqlik deklaratsiyasi uchun murojaat qilishi mumk in. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish