Korxona va tashkilotlardagi standartlashtirish xizmatlari




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Korxona va tashkilotlardagi standartlashtirish xizmatlari 
Standartlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda hamda amaldagi qonunchilik talablarini 
bajarish 
maqsadida 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗z qoshida standartlashtirish bo‗yicha 
bo‗linmalar (xizmatlar) tashkil etadilar. Ushbu xizmatlar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar manfaatidan 
kelib chiqqan holda, standartlashtirish bo‗yicha ishlar ustidan tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik 
rahbarlikni amalga oshiradilar, korxonada standartlashtirish bo‗yicha ilmiy-tekshirish va tajriba-
konstruktorlik ishlarini bajaradi, vakolati doirasidagi masalalar bo‗yicha boshqa bo‗linmalarning 
ishlarini muvofiqlashtiradi va ular bilan hamkorlik qiladi. 
Standartlashtirish bo‗yicha xizmatlarni tashkil etishni muvofiqlashtirishga qaratilgan O‗z ST 
doirasida rahbariy xujjat RD O‗z 51-051-96* ishlab chiqilgan bo‗lib, unda umumiy talablar bilan 
birga, bu tuzilmalarning asosiy vazifalari, huquqlari belgilab berilgan. 
 
Nazorat savollari: 
1. Standartlashtirish tayanch tashkilotlari nima maqsadda tashkil etiladi? 
2. Standartlashtirish tayanch tashkilotlarini tayinlash tartibiga va ularni ishlarini tashkil etishga 
bo‗lgan ta- lablar qaysi xujjatda belgilangan? 
3. Qaysi xujjatda STTning o‗ziga biriktirilgan soha bo‗yicha asosiy vazifalari va fo‗nksiyalari 
belgilangan? 
 
 
 
 
Standartlashtirish sohasidagi ekspertlar faoliyatini o‘rganish. 
 
 
Ishning maqsadi: O‗zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‗g‗risida»gi Qonuni va 
boshqa me‘yoriy-huquqiy xujjatlarida ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar- ning sifati 
va xavfsizligiga kat‘iy talablar qo‗yilgan bo‗lib, ular mahsulotlar MHlarida ko‗rsatilgan bo‗lishi 
kerak. Shu bilan birga, MHsiz mahsulotlarni ishlab chi- harish va sotish taqiqlanishi ko‗rsatilgan. 
Qonunchilikda 
O‗zbekistonda 
standartlashtirish 
ishlarini 
tashkil 
etish, 
olib 
borish 
va 
muvofiqlashtirish «O‗zstandart» agentligi, boshqa davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralari zimmasiga 
yuklatilgan. Ushbu idoralar nafaqat standartlashtirish bo‗yicha umumtashkiliy ishlar bilan, balki 
bevosita MHlar ishlab chiqish, MHlar fondini tuzish va olib borish, MHlarni ekspertizasini 
o‗tkazish, halqaro MHlarni joriy etish kabi ishlarni ham olib boradilar. 
Standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar va tayanch tashkilotlari ham o‗z navbatida bu 
kabi faoliyatlar bilan shug‗ullanadilar. O‗z mahsulotlari (ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan 


252 
mahsulotlari) uchun tadbirkorlik sub‘ektlari ham MHlar ishlab chiqadilar va joriy etadilar. 
O‗zbekiston Respublikasida MH davlat fondida 40000 dan ziyod xujjatlar mavjudligi va har 
yili respublikada o‗rtacha yangi 500 dan ziyod MHlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini xisobga 
olinsa, standartlashtirish ishlarini olib borish uchun ko‗plab mutaxassislar kerak bo‗lishi talab 
etiladi. 
Standartlashtirish ishlarini malakali va amaldagi me‘yo- riy-huquqiy xujjatlar talablari asosida 
bajarish uchun yetarli bilim va malakaga ega bo‗lgan, maxsus o‗quv kurslarida ta‘lim olgan, 
standartlashtirish sohasida amaliy tajribaga ega bo‗lgan, vakolatli idora tomonidan baholangan 
(attestatsiyalangan, sertifikatlangan) mutaxassislar bo‗lishi talab etiladi. Bu toifadagi mutaxassislar 
standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar deb yuritiladi. 
O‗zbekistonda 2005 yilgacha standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar instituti mavjud bo‗lmagan. 
Bunday institut- ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashti- rish bo‗yicha Davlatlararo 
kengash doirasida va ayrim MDH mamlakatlarida kiritilishini, respublihamizda ham bu toifa 
mutaxassislarga ehtiyojni hisobga olib, O‗zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.26: 2006 ishlab 
chiqilgan. Bu MHda standartlashtirish bo‗yicha ekspertlarning malakasi va attestatlanishiga 
qo‗yiladigan umumiy talablari, attes- tatsiyalashning malakaviy mezonlari va protsedurasi belgi- 
langan. 
Ushbu 
xujjat 
Moldova 
Respublikasining 
standartlashtirish 
bo‗yicha 
milliy 
tizimida 
«standartlashtirish bo‗yicha ekspert» toifasini joriy etish tajribasini hisobga olgan holda va PMG 
«Kvalifikatsionnыe kriterii i protsedura attestatsii ekspertov v oblasti standartizatsii» davlatlararo 
standarti qoidalari asosida ishlab chiqilgan. 
Bu hujjat qabul qilingunga qadar, O‗zbekistonda standartlashtirish ishlari bilan shug‗ullanuvchi 
mutaxassislarga nisbatan yagona va vakolatli davlat idorasi tomonidan tas- diqlangan aniq me‘yoriy 
xujjat mavjud bo‗lmagan. Bu yo‗na- lishda faoliyat ko‗rsatuvchi mutaxassislarga talablar har bir 
korxona va muassasaning o‗z talablaridan kelib chiqqan holda belgilangan. SMSITI qoshidagi 
malaka oshirish Markazida standartlashtirish ishlarini tashkil etish mavzusidagi bir necha o‗quv 
kurslari faoliyat ko‗rsatsada, ular umummajburiy kuchga ega bo‗lmagan. Standartlashtirish ishlari 
bilan davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralarida, korxonalarda shug‗ullanuvchi mutaxassislar umumiy 
talablar asosida tizimli attestatsiya yoki sertifikatlashtirishdan o‗tmasdan, faqat tarmoq yoki 
korxona darajasida belgilangan talablar asosida attestatsiyadan o‗tkazilgan. 
Mazkur O‘z DSt 1.26:2006* standartda quyidagi atamalar mos ta‘riflari bilan qo‗llanilgan: 
— kompetentlilik: o‗z bilim va mahoratini qo‗llanishi ifodalangan qobiliyati. 
— ekspert (standartlashtirish sohasida): standartlashtirish sohasida amaliy ishlarda ilm va 
bilimlarga ega bo‗lgan, kompetentliligi muvofiq attestat bilan tasdiqlangan shaxs. 
Davlat standartida belgilanganligi bo‗yicha, ekspert fao- liyat yo‗nalishidan qat‘i nazar, mazkur 
xujjat bilan regla- mentlangan talablarga javob beruvchi zarur kompetent- lilikka ega bo‗lgan va 
«O‗zstandart» Agentligining eks- pertlarni attestatlash bo‗yicha komissiyasi tomonidan belgilangan 
tartibda attestatlangan mutaxassis bo‗lishi mumkin. 
Ekspertlarning asosiy fo‗nksiyalari qilib quyidagilar belgilangan: 
— barcha darajadagi me‘yoriy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish; 
— amaldagi me‘yoriy xujjatlarni tekshirishni amalga oshirish; 
— loyihalar 
va 
amaldagi 
me‘yoriy 
xujjatlar 
(o‗zgarti- 
rishlar)ning 
ilmiy-texnikaviy 
ekspertizasini amalga oshirish; 
— me‘yoriy xujjatlar (o‗zgartirishlar) loyihalarining me‘yoriy tekshiruvini o‗tkazish; 
— standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar (mil- liy, davlatlararo, halqaro) va tayanch 


253 
tashkilotlar va h.k. ishida qatnashish. 
Davlat standartida ekspertlikka nomzodlarni o‗qitish SMSITIda yoki boshqa tashkilotlarda 
«O‗zstandart» agentligi tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan dasturlar bo‗yicha o‗tkazilishi 
belgilangan. 
O‗qitish o‗z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi kerak: 
— «Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‗yicha tayanch ma‘lumotni olish; 
— «Me‘yoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‗yicha har 5 yil 
davriyligi bilan malakani oshirish. 
Ekspertlikka nomzodlar ma‘lumoti va tajribasi bo‗yicha quyidagilarga ega bo‗lishi lozim: 
a) tugallangan oliy ma‘lumot; 
b) «Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‗yicha tayanch ma‘lumot; 
v) «Me‘yoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‗yicha ma‘lumot; 
g) mutaxassislik bo‗yicha hamida o‗n yil amaliy ish staji, ulardan hamida besh yili 
standartlashtirish sohasida; 
d) quyidagi sohalarda ish tajribasi: 
— barcha darajadagi amaldagi MHni ishlab chiqish va tek- shirishni amalga oshirish; 
— halqaro, mintaqaviy va xorijiy MH ni qabul qilish bo‗yicha ishlarni olib borish, shuningdek 
standartlashtirish bo‗yicha milliy MHni halqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlar bilan 
uyg‗o‗nlashtirish; 
— standartlashtirish bo‗yicha MH loyihalarining eks- pertizasini amalga oshirish. 
Ekspertlikka nomzod quyidagilarii bilishi zarur: 
— standartlashtirish sohasidagi qonunchilikni; 
— O‗z ST asos bo‗luvchi xujjatlarini; 
— standartlashtirishning halqaro va Yevropa metodolo- giyasi va tajribasini; 
— standartlashtirishning davlatlararo tizimini rivoj- lantirishning asosiy yo‗nalishlarini; 
— O‗z O‗DT, O‗z SMT va standartlashtirishning boshqa tarmoqlararo tizimlari asoslarini. 
Malakaviy bilimlar bilan birga ekspertga shaxsiy si- fatlar bo‗yicha ham quyidagi talablar 
qo‗yiladi: 
— ob‘ektivlik, 
mas‘ullik, 
prinsipiallilik, 
xayri- 
xoxlik, 
muloqatga 
qobiliyatlilik, 
xushmuomalalik, vaz- minlik; 
— o‗z nuqtai nazarini tahlil qilish, mantiqiy asoslash, qatiy va dalillar bilan himoya qilish 
qobiliyati; 
— o‗z fikrini aniq va erkin, og‗zaki va yozma bayon qilish qobiliyati; 
— ekspert majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni ob‘ektiv va 
mustaqil hal etish qobiliyati. 
O‘z DSt 1.26: 2006ga asosan ekspertlarni «O‗zstandart» agentligi buyrug‗i bilan tuzilgan 
maxsus komissiyasi ikki bosqichda attestatni amalga oshiradi: 
— ekspert bo‗lishni xohlovchi shaxslarni boshlang‗ich baholash; 
— ekspertlarni davriy baholash. 
Davlat standartida attestatlash protsedurasi va ekspert- dan talab qilinadigan xujjatlar bo‗yicha 
ma‘lumotlar ba- tafsil bayon qilingan. 
Attestatsiyadan muvaffadiyatli o‗tgan mutaxassislarga besh yil muddatga kompetentlilik 
attestati beriladi va ular haqidagi axborot davlat reestriga kiritiladi. 
Ushbu xujjatda standartlashtirish bo‗yicha ekspert bo‗lgan shaxsning keyinchalik o‗z 
malakasini tasdiqlab borish pro- seduralari ham aniq ko‗rsatib berilgan. 


254 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
standartlashtirish 
bo‗yicha 
ekspertlarni 
malakasini 
va 
kompetentliligini baholashda amaldagi attestatsiyalash tizimi o‗rniga halqaro amliyotda keng 
qo‗llaniladigan sertifikatlashtirish tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Buning uchun 
halqaro xujjatlarda belgilangan qoidalar va talablar bilan birga O‗zbekiston Respublikasining 
«Muvofiqlikni baholash to‗g‗risida»gi Qonunida personalni muvofiqligini baholash talablarini 
inobatga olish mumkin. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxona va tashkilotlardagi standartlashtirish xizmatlari

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish