• O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash
  • Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash
  • O‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash
  • Asosiy kattalik
  • O‘lchash vositalarini tayyorlash (




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet219/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta‘mirlash, sotish, ijaraga berish) ga litsenziya
    Ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy 
    shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigan hujjat. 
    O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash –donalab ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston 
    hududiga donalab keltirilgan) o‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish 
    asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish. 
    Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash –metrolgik xizmatlar, 
    markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan akkreditlash doirasida o‘lchashlar birliligini ta‘minlash 
    bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish. 
    Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga 
    akkreditlash –yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini 
    kalibrlashni o‘tkazish huqiqini rasmiy tan olish. 
    O‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash –O‘lchashlarni bajarish 
    metodikasining unga qo‘yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash 
    maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqot. 
    O‘lchashlarni bajarish metodikasi –O‘lchashlar natijalarini avvaldan ma‘lum xatolik bilan 
    olishni ta‘minlaydigan ishlar va qoidalar majmui. 
    Kattalik - Sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy obektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning 
    xolatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir 
    obekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. 


    268 
    Asosiy kattalik deb ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqa 
    kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa 
    (uzunlik) vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish