|
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”Bog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaMenejment tizimi – faoliyat yoki ishlab chiqarishni maqbullashtirish uchun siyosat va
maqsadlarni ishlab chiqish va ushbu maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan o‘zaro
bog‘langan va o‘zaro birgalikda harakat qiladigan elementlar majmui. U o‘z ichiga tashkiliy
tuzilmani, resurslar va jarayonlar, protseduralar, amaliyot, javobgarlikni taqsimlash, rejalashtirish
bo‘yicha faoliyatlarni qamrab oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish – maxsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir
majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar – texnik reglamentlar,
standartlashtirishga doir normativ xujjatlar, sanitariya, veterinariya - sanitariya, fitosanitariya
qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar
hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa xujjatlar.
Texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va
xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Umumiy texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi
mahsulotlar ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ
xujjat.
Maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umuiy texnik
reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir
majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Savdodagi texnik to‘siqlar - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy
talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarda mavjud bo‘lgan
tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuza ga keladigan to‘siqlar.
|
| |