234
-
xodimning (talab qilinadigan va erishiladigan) qobiliyatlari.
Metrologiya xizmati faqat sanksiyalangan xodimga yozuvlarni bajarish, o‗zgartirishga ruxsat
berishi kerak.
O‗lchashlar menejmenti tizimini yaxshilashga oid talablar mavjud. Metrologiya xizmati,
o‗lchashlar menejmenti tizimini ushbu standartga muvofiqligini ta‘minlash va tizimni doimiy
ravishda yaxshilanib borish uchun rejalashtirishi va nazoratni bajarishi, tahlil va yaxshilashi kerak.
Undan tashqari, metrologiya xizmatlari auditlardan, nazorat va boshqa zaruriy instrumentlardan,
o‗lchashlar menejmenti tizimining yaroqliligi va samaradorliligini aniqlash uchun foydalanishi
kerak. Metrologiya xizmati iste‘molchining metrologik talablarni bajarilishiga taaluqli bo‗lgan
axborotni kuzatishi, bunday axborotni olish va foydalanish usullari o‗rnatgan bo‗lishi kerak.
O‗lchash menejmenti tizimidagi barcha auditlarning natijalari va tizimga kiritilgan o‗zgarishlar
yozilishi nazarda tutiladi. Auditorlar, o‗zlarining javobgarligi bo‗lgan uchastkalarni tekshirishlari
mumkin emas. O‗lchashlar menejmenti tizimining auditi tashkilot menejment tizimi auditlarining
qismi sifatida bajarilishi kerak. ISO 19011 audit tizimlari bo‗yicha rahbarlikni ta‘minlaydi. Ixtiyoriy
o‗lchash jarayonidagi olingan natijalarga shubha uyg‗onsa, yoki natijalar noaniq bo‗lsa, u holda
ushbu
natijalar
identifikatsiyalanishi
va
korreksiyalovchi
amallar
bajarilmaguncha
ulardan
foydalanilmaydi. Noaniqligi sababli modifikatsiyalangan o‗lchash jarayoni amalga oshirilmasdan
oldin baholanishi zarur.
Ixtiyoriy tasdiqlangan o‗lchash qurilmasi:
- buzilgan;
- o‗ta yuklangan;
- foydalanib bo‗lmay qolgan;
- noto‗g‗ri natijalar bersa;
- buzilgan yoki plomba singan;
- tashqi kattaliklar ta‘siriga berilgan bo‗lsa, ekspluatatsiyadan identifikatsiyalangan markalash
orqali olib tashlanadi.
O‗lchash qurilmasining nomuvofiqligi tekshirilishi va nomuvofiqligi to‗g‗risida hisobot
tayyorlanishi kerak. Bunday qurilmalarning nomuvofiqligi bartaraf qilinib ularning metrologik
xarakteristikalari tiklangach yana qayta ekspluatatsiyaga qo‗yiladi.
Metrologik tasdiqlash jarayoni ikkita kirishga, ya‘ni, iste‘molchining metrologik talablari va
o‗lchash qurilmasining metrologik xarakteristikalariga va bitta chiqishga, o‗lchash qurilmasining
metrologik tasdiqlanganligi statusiga ega bo‗ladi (2-rasm. O‗lchash qurilmalari uchun metrologik
tasdiqlash jarayoni).
O‗lchashlarning metrologik ta‘minoti, ishlab chiqarishning metrologik ta‘minotiga bo‗lgan
talablar kabi bo‗ladi. Undan tashqari, noto‗g‗ri o‗lchash salbiy oqibatlarining iste‘molchilarga,
ishlab chiqaruvchi va korxonaga keltirgan iqtisodiy zararining oldini olish uchun kafolatlangan
aniqlikdagi o‗lchash natijalariga erishish asosida o‗lchashlar birliligini ta‘minlash, bugungi kunda
dolzarb masalaligicha qolmoqda.
2-rasm. O‗lchash qurilmalari uchun metrologik tasdiqlash jarayonining algoritmi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan o‗lchash qurilmalari va maxsulotning
hayotiy sikli davomidagi o‗lchash jarayonlari uchun sarflangan xarajatlar kamayadi hamda, ISO
10012:2008 standart talablarining bajarilishi maxsulot ishlab chiqaruvchisiga katta miqdorda
iqtisodiy samara keltiradi.